Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AstraZeneca koronavirus vaksinasini qabul qilgan braziliyalik ko‘ngilli vafot etdi
22.10.2020 13:54,  
248

Oksford universiteti va AstraZeneca ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinalash sinovlari ishtirokchilaridan biri Braziliyada vafot etdi. Bu haqda Globo gazetasi Braziliya milliy sanitariya nazorati agentligiga asoslanib xabar berdi.

28 yoshli ko‘ngilli 15 oktyabrda vafot etdi. Buning sababi COVID-19 tufayli yuzaga kelgan asoratlar edi. Gazeta manbalaridan birining xabar berishicha, ko‘ngilliga emlash dozasi emas, balki platsebo sifatida ishlatiladigan modda berilgan.

Rio-de-Janeyroda sinovlarni olib boruvchi "D'Or" instituti aniqlik kiritishicha, Braziliyada 8 ming kishi AstraZeneca vaksinasini o‘rganish bo‘yicha xalqaro dasturda qatnashmoqda. Ularning yarmiga vaksina dozasi, qolgan yarmiga platsebo berilgan.

Avvalroq, Oksford universiteti va AstraZeneca o‘z vaktsinasini sinovdan o‘tkazishni ikki marta to‘xtatgan edi. Bu birinchi marta iyul oyida, ko‘ngillilarning biriga skleroz tashxisi qo‘yilganida sodir bo‘lgan. Keyinchalik ekspertlar guruhi tashxisning emlashga hech qanday aloqasi yo‘q degan xulosaga kelishdi.

Vaksinaning ishtirokchilarning biriga yon ta’siri tufayli tadqiqot sentyabr oyida ikkinchi marta to‘xtatildi. O‘shanda OAVda vaksinani olgan ko‘ngilli ayolda orqa miya yallig‘lanishi rivojlantirganligi haqida xabar berildi, bu kamdan-kam hollarda, ammo ba’zi bir vaksinalar kiritilishi mumkin bo‘lgan yon ta’sir sanaladi. AstraZeneca ushbu ma’lumotni rad etdi va testlarni to‘xtatib turishni "tartibsizliklar yuzaga kelgan taqdirda muntazam va zarur bo‘lganligi, sabablari noma’lum bo‘lganligi" bilan izohladi.

AstraZeneca Buyuk Britaniyada, AQShda, Braziliyada va Janubiy Afrikada vaktsina tadqiqotlarini olib bormoqda. Lancet jurnalida nashr etilganidan maqoladan kelib chiqadigan bo‘lsak, preparat shimpanze adenovirusidan foydalangan holda yaratilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан