Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AstraZeneca vaksinasi tarkibi cho‘chqa unsurlaridan holi(mi?)
21.03.2021 19:27,  
466

AstraZeneca kompaniyasi eng ko‘p musulmon aholiga ega mamlakat – Indoneziyada tarqalgan xavotirlarga javoban, koronaviruga qarshi ishlab chiqqan vaksinasi tarkibida shariatda taqiqlangan cho‘chqa unsurlari yo‘qligini ma’lum qildi.

Indoneziyaning oliy musulmon kengashi juma kuni AstraZeneca vaksinasi tarkibida cho‘chqaning oshqozonosti bezidan olingan tripsin moddasi borligini aytib, uni harom deb fatvo bergan, lekin preparatni faqat pandemiya sharoitidagina favqulodda qo‘llashni ma’qullagandi.

Bugun, 21 mart kuni AstraZeneca’ning Indoneziyadagi vakili Rizmon Abudayri shu masalada bayonot berdi.

«Bu vektor virusli vaksinani ishlab chiqarish jarayonining hech bir bosqichida cho‘chqa yo boshqa hayvonlardan olinadigan biror unsurdan foydalanilmaydi, bu kabi unsurlarning ishlab chiqarish jarayonlariga aloqasi yo‘q», – deyiladi rasmiy chiqishda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан