Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Atambayev qamalishi siyosiy qaror, sud adolatli bo‘lganiga ishonmayman»
26.06.2020 18:47,  
1481

23 iyunda Qirg‘iziston sudi mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan 11 yilu ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum etish hukmini chiqardi. Unga ko‘ra, Atambayevning o‘ziga va oilasiga tegishli mol-mulk musodara qilinadi. Shu bilan birga sobiq prezidentga berilgan barcha davlat mukofotlari va vakolatlari bekor qilinadi.

Atambayev 2013 yilda jinoiy to‘da yetakchisi Aziz Batukayevni ozod etib, mamlakatdan chiqarib yuborganlikda aybdor deb topilgan.

Amerika ovozi nashrining xabar berishicha, sud jarayoni yopiq tartibda o‘tgan. Atambayevning advokati Sergey Slesaryovning OAVlariga bildirishicha mijozi - 63 yoshli sobiq prezident butun sud jarayonida ayblovni inkor etgan va so‘nggi so‘z berilganda gapirishdan bosh tortib, hech qanday ko‘rsatma bermagan.

Advokatning bildirishicha, tergov hamda davlat prokurorlari Atambayevning aybdor ekanini isbotlay olmagan.

Atambayevning tarafdor siyosatchilardan biri, parlamentdagi Qirg‘iziston sotsial demokratlar partiyasining o‘zbek millatidagi deputati Anvar Ortiqov «Ozodlik»ning qirg‘iz xizmatiga bergan intervyusida sobiq prezidentga chiqarilgan hukmni adolatli ekaniga ishonmasligini aytgan.

“Bir tomondan qaraganda, agar iqtidordagi prezident Sooronbay Jeenbekov bilan Atambayev urishib qolmaganda bu narsa amalga oshmagan bo‘lardi. Hech kim hech narsaga javob bermay, yopiq qozon yopiqligicha qolgan bo‘lar edi".

«Bizning bilishimizcha Almazbek Sharshenovichga biror bir kishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshi ko‘rsatma bermadi. Bu siyosiy qarorga o‘xshab qoldi. Sud adolatli bo‘lganiga ishonmayman. Avvalgi prezidentlar qilgan aybini bilib mamlakatdan qochib ketishdi. Bunga xalq ham, ikki revolyusiya ham bahosini berdi. Xorijga ketib qolishga bu kishida [Атамбаевда] ham imkoniyat bo‘lgan. Ammo «men chiqib ketsam, aybni tan olgan bo‘laman» deb Qirg‘izistonda qoldi. Moskvaga samolyot bilan ketganda ham «shu yerda qol» degan so‘zlar bo‘lgan deyishmoqda. Almazbek Sharshenovich «qamalsam ham mamlakatda bo‘laman» deb aytgan ekan».

Siyosiy tahlilchi Aydanbek Aqmatov ham «Amerika Ovozi» bilan suhbatda Atambayevning qamalishini «siyosiy qaror» deb hisoblaydi.

“Bir tomondan qaraganda, agar iqtidordagi prezident Sooronbay Jeenbekov bilan Atambayev urishib qolmaganda bu narsa amalga oshmagan bo‘lardi. Hech kim hech narsaga javob bermay, yopiq qozon yopiqligicha qolgan bo‘lar edi. Eski ikki do‘st janjallashib qolishi oqibatida Atambayev hozir jazolanmoqda. Shu sababdan bu siyosiy qaror degan bo‘lardim. Lekin boshqa tomondan, bu bizning qirg‘iz adliyasini tepkilab, «kriminal avtoritet»ni qizil gilam bilan kuzatib qo‘yishdek sharmandali ish uchun jazosini oldi deb aytish ham mumkin”, - deydi siyosiy tahlilchi.

«Kriminal avtoritet» Batukayev ishi

Qirg‘iziston hukumati Batukayevning noqonuniy bo‘shatilishi bo‘yicha ishni 2019 yilning bahor oylarida qayta tekshira boshlagan. Batukayev «bedavo dardga yo‘liqqani va bir oylik umri qolgan» degan shifokorlar tashxisi asosida qamoqdan ozod qilingan. U o‘sha kuniyoq samolyotda Qirg‘izistondan Chechenistonga ketib qolgan. Shundan keyin tibbiy hujjat soxta ekani ma’lum bo‘lgan.

Batukayevning ishini tekshirish Atambayevni sobiq prezidentlik maqomidan, daxlsizlikdan va boshqa vakolatlaridan ayirmoqda.

Aziz Batukayevning qamoqdan noqonuniy bo‘shatilishiga bog‘liq jinoyat ishida jami 19 kishiga ayb qo‘yilgan.

Ichki ishlar vazirligi o‘tgan yili Batukayevning ozod qilinishi bo‘yicha Almazbek Atambayevni uch marta so‘roqqa chaqirgan, ammo sobiq prezident tergovchi bilan uchrashuvga uch safar ham kelmay qo‘ygan edi.

Buning ortidan Atambayevning Bishkek yaqinidagi Qo‘ytosh qishlog‘idagi uyini shturmga olish qaror qilingan. Ikki kunga cho‘zilgan shturmdan keyin sobiq prezident qo‘lga olingan. Shturm davomida bir maxsus bo‘linma zobiti halok bo‘lib, 100 nafarga yaqin odam jabrlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан