Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Atletiko» klubi O‘zbekistonda futbol akademiyasi ochish taklifini bildirdi
25.01.2021 22:33,  
189

Bosh vazir o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Madrid shahriga xizmat safari davomida «Atletiko Madrid» futbol klubi rahbariyati va mutasaddilari bilan uchrashib, hamkorlikka doir muzokaralar olib bordi, deya xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati.

Delegatsiya vakillari Ispaniya tomonga O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2021 yilning «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e’lon qilgani, mamlakatimizda aholini sportga keng jalb qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda futbolga strategik sport turlaridan biri sifatida e’tibor qaratilishi haqida batafsil ma’lumot berishdi.

«Atletiko» vakillari o‘z o‘rnida xorijda ochilgan akademiyalari faoliyati, O‘zbekiston turizm salohiyatini dunyo bo‘ylab futbol ishqibozlariga tanitishdagi marketing imkoniyatlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazishdi. 

Madrid futbol klubi vise-prezidenti Inigo Aznar ushbu hamkorlik katta natijalar olib kelishini ta’kidlab, buyuk tarixga ega yurt yoshlaridan mamlakatni dunyoga tanitadigan sportchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, «Atletiko» klubi vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasini tashkil etish va klub imkoniyatlaridan kelib chiqib, mamlakatimizning turizm salohiyati targ‘ibotida hamkorlik qilishni taklif qildi.

«Atletiko» klubi rahbariyati tez orada O‘zbekiston tomoniga tijoriy taklif yuborishini, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan taqdirda, klub mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi. 

Ma’lumot uchun, «Atletiko» La Liga 19-turidan keyin 47 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан