Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Atletiko Madrid» va o‘zbek futbol klublaridan biri o‘rtasida Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilmoqda
23.05.2021 01:23,  
136

Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston turizm va sport vazirining xalqaro maslahatchisi Aliya Ospanova hamda Ispaniyaning «Atletiko Madrid» futbol klubi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Rosolino Amenta o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Unda jahon futbolining mashhur yulduzlari ishtirokida qator xalqaro sport tadbirlarini tashkil etish orqali kadrlar tayyorlash, «visit Uzbekistan – Heart of the Silk Road» brendini targ‘ib qilish, shuningdek, klub jamoasi asosiy tarkibining O‘zbekiston klublaridan biri bilan o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ispaniya klubi vakillari O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlar bilan yaxshi tanishligini ta’kidladi, turizm va sport sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

«Atletiko Madrid» professional futbol klubiga 1903 yil 26 aprel kuni asos solingan. Jamoaning uy stadioni «Vanda Metropolitano» Yevropadagi eng katta va muhtasham arenalardan biri hisoblanadi. «Atletiko» shu kunga qadar o‘n marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan. 2009/10, 2011/12 va 2017/18 futbol mavsumlarida UYeFA Yevropa ligasi kubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, jamoa uch marta Yevropa Chempionlar ligasi finalida qatnashgan.

Uchrashuv yakunida «Atletiko Madrid» delegatsiyasining sport inshootlari infratuzilmasi bilan tanishish va mazkur futbol klubi akademiyasini tashkil etish uchun mamlakatimizga rasmiy tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yanvar oyida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Madridga rasmiy tashrifi doirasida «Atletiko Madrid» rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Unda O‘zbekistonda «Atletiko Madrid» akademiyasini tashkil etish va «visit Uzbekistan – Heart of the Silk Road» sayyohlik brendini targ‘ib qilish bo‘yicha kelishib olingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан