Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Auksionga qo‘yilgan «30 Z 777 ZZ» raqamini 600 million so‘mga kim sotib olgani ma’lum bo‘ldi — video
4.01.2021 22:45,  
4703

Samarqand viloyati uchun 14 dekabr kuni auksion sotuvga chiqarilgan istalgan harf kombinatsiyasidagi ilk avtoraqam 4 yanvar kuni 637 million 668 ming so‘mga sotilgani haqida xabar berilgandi. «Avtoraqam» xizmatining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, ushbu raqamni prodyuser, aktyor Ahad Qayum sotib olgan.

Aktyorning o‘zi ham Instagram’dagi sahifasida ushbu avtoraqamni sotib olgani haqida xabar qoldirgan. Shuningdek, u story’siga joylangan videoga «Vanihoyat oldim» deb izoh yozgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «30 Z 777 ZZ» avtoraqami 596 million 525 ming so‘mga sotilgan. Ushbu raqamni rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha 41 million 143 ming so‘m xarajat qilish kerak. Shunday qilib, UZEX birjasi tarixidagi birinchi «chiroyli raqam» 637 million 668 ming so‘mga sotilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ushbu raqam allaqachon sotilgani haqida xabar tarqalgandi. Suratda «30 Z 777 ZZ» avtoraqami taqilgan «Malibu» Samarqand ko‘chalarida harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.

Keyinchalik Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot bergandi.  Shuningdek, viloyat IIB tarqalgan ikkinchi video yuzasidan ham izoh bergan. «Ushbu raqam oq rangli «Malibu» avtomashinasiga qo‘lbola yasab o‘rnatilganligi aks etgan video ham tarqaldi. Hozirda ushbu haydovchini aniqlash choralari ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, «UZEX Avtoraqam» saytida ushbu auksionning tugash muddati 4 yanvar soat 14:50 etib belgilangandi.

Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlar onlayn auksionida istalgan harf kombinatsiyasidagi ilk avtoraqam «30 Z 777 ZZ» 14 dekabr kuni Samarqand viloyati uchun sotuvga chiqarilgan. Mazkur davlat raqamining boshlang‘ich narxi 111 million 500 ming etib belgilangan. 4 yanvar holatiga esa uning narxi yarim milliard so‘mdan oshgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан