Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Aurum 898» tungi klubida yuz bergan hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi (video)
26.08.2018 13:40,  
13

«Toshkent» telekanalining «Poytaxt-Vaziyat» dasturida «Aurum 898» tungi klubida sportchi Jamshid Kenjayevning o‘limiga sabab bo‘lgan fojia tafsilotlari ma’lum qilindi.

Aytilishicha, Jamshid Kenjayev 8 avgust kuni tanishining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uyushtirilgan ziyofatda ishtirok etgan va spirtli ichimlik ichgan. Soat 23:30 atrofida tungi klubga borgan. Yonidagi pichoqni ko‘rgan qo‘riqchilar uni ichkariga qo‘yishmagach, ikki qo‘riqchiga pichoq bilan zarba bergan. Keyin qo‘riqchilar uning o‘zini kaltaklashgan. Jarohatlar oqibatida Kenjayev shifoxonada vafot etgan.

Toshkent shahar  prokuraturasi bo‘lim o‘rinbosari Farhod Boboniyazovning ma’lum qilishicha, tungi klubning 4 nafar qo‘riqchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97- va 277-moddalari bilan jinoiy ish ochilgan.

Dasturda qayd etilishicha, qo‘riqchilarga xizmat vaqtida bitalar, pichoqlar va boshqa turdagi qurollardan foydalanishga ruxsat berilgan. Ayni vaqtda huquq-tartibot organlari tungi klub faoliyatini tekshirishmoqda.

Toshkent shahar  prokuraturasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, marhum sportchining o‘ziga ham Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida baho berilib, qonuniy qaror qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан