Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avstraliyada koronavirusli aloqani ko‘rsatadigan ilova juda tez mashhur bo‘lmoqda
27.04.2020 09:14,  
433

Hukumat tomonidan taqdim etilgach, bir milliondan ortiq avstraliyaliklar bir necha soat ichida koronavirusli bemor bilan aloqa qilganini ko‘rsatadigan ilovani yuklab oldilar.

COVIDSafe ilovasi Bluetooth signalidan foydalanib, 1.5m masofada joylashgan boshqa bir foydalanuvchi bilan "raqamli aloqada bo‘lish" uchun ma’lumotlar almashadi. 

Keyin ilova ushbu kontaktni qayd qiladi va shifrlaydi.

Foydalanuvchi koronavirus aniqlangan boshqa foydalanuvchi bilan 15 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida yaqin aloqada bo‘lishgan bo‘lsa, ilova unga bu haqda xabar beradi.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Avstraliyada 6,994 ta koronavirus holati qayd etilgan va virusdan 80 o‘lim bilan yakunlangan.

Singapurda ishlab chiqilgan ilova mahalliy vaqt bilan 18:00 (13:00 tshv)da taqdim qilindi. Sog‘liqni saqlash vaziri Greg Hant dasturni yuklab olganini ma’lum qildi. 

"Soat 22:30 da 1 million avstraliyalik #COVIDSafeapp dasturini yuklab oldi va ro‘yxatdan o‘tkazdi - iltimos, bizga qo‘shiling va o‘zimizni, oilamizni, bir-birimizni, eng muhimi, bizning hamshiralarimiz va shifokorlarimizni himoya qilishga yordam bering", deb yozdi janob Hant tvitterda.

Bosh vazir Skott Morrisonning so‘zlariga ko‘ra, agar yetarli darajadagi fuqarolar ilovadan foydalanadigan bo‘lsa, karantin qoidalari yengillashtiriladi. Hukumat maksimal samaradorlik uchun aholining qariyb 40 foizi uni yuklab olishi kerakligini aytdi.

Shaxsiy daxlsizlik borasida esa, hukumat faqat sog‘liqni saqlash idoralari ilova ma’lumotlar bazasiga kirishini aytdi. 

Ma’lumotlar Avstraliyada saqlanadi va sog‘liqni saqlash vaziri "hatto sud qarori ham" boshqa idoralarga, masalan politsiyaga kirishga ruxsat bermaydi dedi.

Ilova foydalanuvchilardan o‘zlarining yoshi, uyali raqami, pochta kodi va ismlarni taqdim etishlarini so‘raydi.

Hukumat barcha ma’lumotlar 21 kundan keyin yoki kimdir ilovani telefonidan o‘chirgandan so‘ng o‘chirilishini aytdi.

Mavzug doir: Apple va Google koronavirus haqida xabar beradigan ilova ishlab chiqadi 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан