Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avstraliyalik olimlar va JSST koronavirus pandemiyasi qizamiq tarqalishi avj olishiga olib kelishi mumkinligini bildirdi
21.11.2020 22:38,  
100

Bolalarda qizamiq tarqalishining avj olishi koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlaridan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda Melburndagi Merdok bolalar ilmiy-tadqiqot instituti, JSST va Efiopiya olimlari o‘tkazgan tadqiqot xulosasida aytilmoqda.

Olimlarning fikricha, koronavirus tarqalishi ko‘plab mamlakatlarda boshqa kasalliklarga qarshi emlash jarayonini izdan chiqargan. Ko‘plab mamlakatlar emlash kampaniyasini boshlaganiga qaramasdan, oktyabr oxirida 26 mamlakatdagi 94 mln bola qizamiqqa qarshi rejalashtirilgan emlashdan mahrum bo‘lgan.

 Tadqiqot mualliflari yaqin oylar ichida qashshoq mamlakatlarda qizamiqqa qarshi emlanmagan bolalar soni ko‘payishi mumkinligidan tashvish bildirgan. To‘yib ovqatlanmaslik va A vitamini yetishmovchiligi natijasida vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.

«Bularning barchasi 2021 yilda qizamiq tarqalishiga sharoit yaratadi va qizamiqdan o‘lim holatlari oshishiga olib keladi», — deyiladi olimlar hisobotida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан