Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Avtobusga sig‘may qolgan” harflar yoki biz qayerda xato qildik?
7.07.2021 18:41,  
3467

“Cumadm...” Bu so‘z deyarli har kun qulog‘imizga chalinadi, ammo u hech qaysi lug‘atda keltirilmagan. Uning asl talaffuzi  biroz boshqacha shaklda, ya’ni “Tushunmadim” tarzida aytilishi kerak. Achinarlisi, bunday so‘z  yagona  emas…- deya yozmoqda "Zamon.uz" nashri.

Ijtimoiy tarmoqlar bizga yordam berish bilan birga savodsizlik darajasining ham oshishiga sabab bo‘layotgani  ko‘ngilni biroz ranjitadi. Asosan, o‘smirlar, yoshlar o‘zaro suhbatlarda imlo qoidalariga deyarli  rioya qilmaydi. So‘zlarni shevada aytilishi bo‘yicha yozish, unli harflarni qoldirib ketish, tinish belgilarini deyarli ishlatmaslik holatlari ijtimoiy tarmoqlarning maxsus «klaviatura tili» ni yuzaga keltirib ulgurdi.

Hozirga kelib esa ayrim harflarimiz ijtimoiy tarmoqlarda, o‘zaro suhbatlarda umuman ishlatilmaydi. Keling,unutilgan harflarni biroz yodga olamiz: «i» harfi, o‘z o‘rnini borgan sari yo‘qotib qo‘ygan, ba’zida  ishlatilmaydigan, faqat tushib qoladigan, avtobusga sig‘masdan, qolib ketgan yo‘lovchi harfga o‘xshaydi.

Ikkinchi qurbon harfimiz esa «sh»,  faqat alifboda bor, yozuvda o‘rnini «w» ga topshirishga majbur etilgan qo‘shma birikmali harfdir. «Warxsz» mana bu esa yuqoridagi ba’zi harflarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rinishidan oddiy misol.

Tinish belgilarini esa umuman gapirishning hojati yo‘q. «G‘» harfi o‘rniga ham «g» yozilaveradi.Qo‘shtirnoq esa mehribonlik uyiga tashlab ketilgan boladek umuman keraksiz.

Inson tabiatan shunday yaratilganki, o‘ziga hamma qulaylikni yaratmoqchi bo‘ladi. Bu texnikami, uy-joymi yoki bugun biz to‘xtalgan harflarmi… Farqi yo‘q.  

Hozirgi rivojlangan  dunyoda har bir shaxs  o‘z fikrini ommaga ko‘proq ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmoqda: yozmoqda, o‘qimoqda, fikr bildirmoqda. Shundan ko‘rinib turibdiki, harflar borasida ham qulayliklar yaratgan. “Ch-s, sh-w, o‘-6, ch-4”- bular esa ana shu qulaylikka ayrim misollar.

Xo‘sh, biz nima uchun  «klaviatura tili» ni yaratmoqdamiz? O‘zimizga qulaylik bo‘lishi uchunmi? Yoki vaqtni kamroq sarflash uchunmi?

O‘ylab ko‘ring, qachon butun bir gapni harflarni tushirmasdan, tinish belgilari bilan yozgansiz? 

Bir xorijiy filmdagi aytilgan «oluringlar, davlatimiz kamayib qolmaydi» gapini biroz o‘zgartib «tashlab ketaveringlar, harflarimiz kamayib qolmaydi» deb aytguvchilar ham oramizda yo‘q emas. Lekin, ana shu kamayib qolgan harfimizni keyin topolmasdan qolsak ajab emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан