Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avtomashina kalitini o‘t oldirish moslamasida qoldirish, uni olib qochishga sabab bo‘ldi
12.09.2019 18:14,  
29

Shu yilning 9 sentyabr kuni Jizzax viloyatining Zomin tumani ichki ishlar bo‘limiga shu tumanning “Kattabog‘” mahallasi hududidan “Nexia” rusumli avtomashina olib qochilgani haqida xabar kelib tushdi. Xabar yuzasidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu avtomashinani Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hududidan o‘tuvchi “Boyovut-Guliston” 4K-656 yo‘lining 4-km.da 1997 yilda tug‘ilgan sirdaryolik I.O. boshqarib ketayotganida to‘xtatildi.

I.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Surishtiruv natijasida ma’lum bo‘ldiki, avtomashina egasi kalitni o‘t oldirish moslamasida va eshiklarini ochiq holda qoldirgan.

"Hurmatli haydovchilar! Qisqa fursatga bo‘lsa ham mashinangiz kalitini olib, eshiklarini qulflashni unutmang. Aks holda Siz, avtomashinangiz olib qochilishiga sharoit yaratib bergan bo‘lasiz", deyiladi IIV xabarida.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан