Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avtomobil magnitofoni ovozini baland qilib qo‘yganlik uchun jarima solinishi mumkin
18.09.2020 18:15,  
167

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 sentyabrdagi 12-14-16/1-son topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, respublika hududida avtotransport vositalari sonining keskin ortishi bilan bir qatorda, ayrim haydovchilar tomonidan aholi punktlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalaridan ovozini baland qilib foydalanishi hollari ham uchramoqda. Bunday harakatlar fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda 6 466 nafar, 2019 yilda 9 911 nafar hamda 2020 yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida 8 763 nafar (jami 25 140 nafar) transport vositalari haydovchilari belgilanmagan joylarda faqatgina tovush signalini sababsiz berishi va transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi qurilmalarni o‘rnatishi bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni sodir etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalarida avtomobil salonida tovush balandligi 85 dB.dan baland bo‘lmasligi hamda ko‘pi bilan 8 soat tinglash tavsiya etilgan. Shu bilan bir qatorda, tovush balandligi 90 dB bo‘lganda 2,5 soat, 95 dB.da 47 daqiqa, 100 dB.da 15 daqiqa, 105 dB.da 4 daqiqa, 115 dB.da 28 soniya, 120 dB.da 9 soniyadan ortiq tinglash inson salomatligiga salbiy ta’sir qilish va karlikka sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etiladi.

Loyihada O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasining birinchi qismiga qo‘shimchalar kiritilib, ushbu modda quyidagi tahrirda bayon etilmoqda:

«Tovush signalini sababsiz berish, aholi punkti yerlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalaridan ovozini baland qilib foydalanish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish» so‘zlari bilan to‘ldirilmoqda.

Mazkur modda birinchi qismining sanksiyasidagi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarima uch baravari miqdoriga o‘zgartirilmoqda.

Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy choralarni kuchaytirish, haydovchilarning transport vositasini boshqarish jarayonida transport vositalari haydovchilari bilan munosabatdagi o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan mas’uliyatini oshiradi.

Yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyatning ta’sirchanligini oshiradi.

Fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishlariga hamda inson salomatligiga salbiy ta’sir qilish omillarini kamaytiradi.

Xorijiy tajribani o‘rganish transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy qat’iy jazo choralari qo‘llanilishini ko‘rsatmoqda. Masalan, Singapurda belgilamagan joylarda tovush signallarini sababsiz berish 1,5 ming mahalliy dollarda (5,4 mln. so‘m) jarima jazosi qo‘llanilishi belgilangan.

Rossiya Federatsiyasida joriy yil avgustda qonunchilikka mazkur sohadagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni sezilarli darajada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar taklif etilib, unga muvofiq, aholi hamda belgilanmagan joylarda sababsiz tovush signallarini berish uchun ma’muriy jarima miqdori 10 baravarga oshirilib, 10 ming rublga (1 500 ming so‘m atrofida) belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qo‘shimcha xarajatlar talab qilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан