Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avtomobillar haqida siz bilmagan g‘aroyib faktlar (video)
27.10.2019 20:55,  
3922

Aksariyat erkaklar avtomobillar hamda texnikaga nihoyatda qiziqadi. Shu qiziqish tufayli ular ba’zan o‘zlarini avtomobillar bo‘yicha mutaxassisdek his qilishadi (balki siz ham shunaqadirsiz). Lekin avtomobillar haqida shunaqa faktlar borki, uni, hatto, siz ham eshitmagansiz. Autostrada.ua shunday faktlarni keltirib o‘tdi.

Ilon Mask Teslaning asoschisi emas

Tesla deganda barchaning xayoliga Mask keladi. Lekin u kompaniyaga asos solmagan. Mask kompaniyaga kelganida, kompaniya bir yildan beri faoliyat olib borayotgan edi.

Elektrokar firmaning asoschilari Martin Eberxard hamda Mark Tarpenlar bo‘lishgan. Ha aytgancha, Martin Eberhard – amerikalik muhandis va biznesmen. U 2007 yilda dunyodagi eng yaxshi innovator deb topilib, “insoniyat uchun eng muhim 32 kishi” ro‘yxatiga kiritilgan.

Tezlikni oshirgani uchun ilk jarima to‘lagan inson soatiga 13 km tezlikda harakatlangan

1896 yil Angliyada qabul qilingan qonunga muvofiq, aholi punktlarida avtomobillar tezligi borasidagi cheklov soatiga 3 km.ni tashkil qilar edi. Biroq hayotida ilk bora mashina sotib olgan Uolter Arnold degan kimsa cheklovlarni yoqtirmasdi. Bir kuni u "toychog‘ining" maksimal tezligini sinab ko‘rishga qaror qiladi. Natijada, politsiya uni 13 km/soat tezlikda harakatlangani to‘g‘risida jarima yozib bergan.

Bu hikoyaning kulgili tomoni shundaki, politsiyachi xuddi hozirgidek qoidabuzarni quvlashiga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda politsiyachi velosiped bilan 13 km/soat tezlikda harakatlanayotgan mashinaga yetib olgan. Aytgancha, tezlik oshirilganligi uchun birinchi jarima miqdori 1 shilling 26 pensni tashkil etgan.

Bentley Mulsane uchun 18 dona sigir qurbon qilingan

Bentley dunyodagi eng qimmat va hashamatli avtomobillardan biridir. Bentley Mulsane avtomobilining narxi nafaqat pul bilan, balki jonivorlar hayoti bilan ham o‘lchanadi. Mazkur avtomobil salonini bezash uchun 18 dona sigir terisi ishlatilgan.

Ekologik jihatdan, avtomobil otdan tozaroq

Bugun hech kim bug‘, uglevodorod bilan harakatlanadigan ichki yonuv dvigatelini "ekomobil" deb atamaydi. Biroq, avtomobillar ilk bor yaratilgan paytda dunyo boshqacha edi: yirik shaharlarda juda ko‘plab otlar va ot-aravalari bor transport tizimidan foydalanilgan. Bir necha ot kuchiga ega, bug‘ dvigatelli "temir-ot" go‘ngi bilan butun shaharni ifloslaydigan haqiqiy otga nisbatan haqiqatdan ham "ekologik toza"roq bo‘lgan.

Kassetali magnitofoni bo‘lgan oxirgi avtomobil 2011 yilda ishlab chiqarilgan

Bugungi kunda tasmali kassetalar o‘z o‘rnini yangi avlod vositalariga bo‘shatib bergan. XXI asr yoshlari kasseta nimaligini bilish uchun Googledan "so‘rashadi". Oxirgi marotaba 2011 yilda Ford Crown Victoria mashinasiga magnitafon o‘rnatilgan. Undan keyin hech bir kompaniya mashinalariga kassetali magnitofon qo‘ymagan.

Avtomobillardagi birinchi radio Motorolla tomonidan o‘rnatilgan

Ko‘pchilik Motorolla faqat telefon chiqarsa kerak deb o‘ylaydi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, Motorolla o‘z faoliyatini radio ishlab chiqarishdan boshlagan. Aynan shu kompaniya 1930 yilda avtomobillarga radio o‘rnatgan. Dastlab radio juda qimmat edi: 650 dollarlik mashinada 110 dollarlik radio bo‘lgan. O‘sha paytdagi radiolarni mashinaga o‘rnatish uchun ikki kishi bir hafta mehnat qilgan.

Bugungacha ishlab chiqarilgan Rolls-Royce’larning 75 %i haliyam "minish"ga yaroqli

Dunyo bo‘ylab har yili 75 million avtomobil ishlab chiqariladi. 10 million "qariya"lar esa metallalomga jo‘natiladi. Biroq, tarixi bir asrlik Rolls-Roycening 75 % avtomobillaridan haligacha odamlar foydalanishadi.

Mashinalarning hozirgi shaklga kelishiga ayol kishi sababchi

Agar go‘zal rafiqasi Berta bo‘lmaganida, Mercyedens-Benzning "otasi" Karl Benz bu qadar mashhur bo‘lmagan bo‘lardi. Berta eri yaratgan vosita dunyoni o‘zgartirib yuborishiga ishonar edi. Karl o‘zi yaratgan uch g‘ildirakli mashinasini sotishdan umidini uzib o‘tirganida xotini ikki o‘g‘lini olib boshqa shaharga, onasinikiga yo‘l oladi.

Yo‘lda Berta ko‘plab texnik muammolarga duch keladi, ammo mashinadan voz kechmaydi. Ayol uyiga qaytib kelganida turmush o‘rtog‘iga yog‘och tormozni o‘zgartirmay turib, mashinaga yonilg‘i baki, dvigatel, sovutish tizimi kabi narsalarni o‘rnatib bo‘lmaslini aytadi.

Ayolining bu sayohati Karl Benzni mashina olamida dahoga aylantirdi.

Kruiz-nazorat ko‘zi ojiz kishi tomonidan yaratilgan

Avtomobil tezligini nazorat qiladigan kruiz-nazorat qurilmasi o‘tgan asrning 50-yillarida yaratilgan. Muallifi 5 yoshida umuman ko‘rmay qolgan Ralf Titor bo‘lgan. Ko‘rish qobiliyati bo‘lmasa-da, Titor tug‘ma daho edi.

1948 yilda mashina haydash vaqtida haydovchilarning rulda uxlab qolish muammosiga Titor yechim topishga urinadi. Kashfiyotchi avtoulovchilarga yordam beradigan Speedostat qurilmasi ixtirosi ustida ishlay boshladi. Oradan 10 yil o‘tgach, bu ixtiro uchun unga patent beriladi. Va shu bilan birga, 1958 yilda zamonaviy kruiz nazoratining ajdodi Chrysler qimmat avtomashina modellari uchun taklif qilina boshlandi.

O‘tgan asrning boshida elektromobillar benzinli avtomobillardan ko‘ra ko‘proq edi

XX asrda odamlar kelajak elektrniki deb hisoblashgan. 1900 yilning boshlarida butun dunyo bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobillarning 40 foizi bug‘ dvigatelli, 38 foizi elektr dvigatelli hamda 22 %dan ko‘prog‘i benzin bilan "yuradigan" dvigatelga ega edi.

Shaxsiy avtomobillarning 95 % "umri" yurish bilan emas, turish bilan o‘tib ketadi

Bu g‘alati tuyuladi, lekin fakt. Biz foydalanish uchun sotib oladigan mashinamiz aksariyat hollarda uy, ofis yoki savdo markazi oldida turadi. Albatta, bu o‘rtacha ko‘rsatkich. Ba’zilar avtoulovlari bilan doimiy harakatda bo‘lishadi.

Shuning uchun, keyingi safar siz yangi qimmatbaho mashinaga ko‘p pul sarflashdan oldin bu xarajat chindan ham bunga arziydimi, yo‘qmi yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан