Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avtomobillarda harakatlanish cheklovi 18 maydan boshlab bosqichma-bosqich bekor qilinadi
15.05.2020 00:36,  
3017

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shaxsiy avtomobillarning harakati bo‘yicha cheklovlarni 2020 yil 18 maydan boshlab bosqichma-bosqich BEKOR QILISh yuzasidan quyidagi tartib joriy etilmoqda:

“Yashil” toifadagi hududlarda - Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining 2020 yil 6 maydagi 21-son bayoni bilan avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat berilgan;

“Sariq” toifadagi hududlarda - soat 06.00dan – 22.00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga ruxsat beriladi. Bunda avtotransport vositalarining salonida 4 kishidan ortiq bo‘lmasligi lozim;

“Qizil” toifadagi hududlarda - avtotransport vositalarining maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан