Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avtosanoat monopoliyasi haqidagi graffiti to‘liqligicha bo‘yab tashlandi
6.09.2021 19:56,  
164

Inkuzart ko‘cha rassomi O‘zbekiston avtomobil bozoridagi monopoliya hamda mashina olish uchun uzun navbatlarni aks ettirgan yangi graffiti chizdi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari suratlar Chilonzor tumanida joylashgan AQShning sobiq elchixonasi devoriga chizilganini ma’lum qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, graffitilarni o‘chirish tashlashga harakat qilingan. Jumladan, internetda sariq formadagi ishchilarning suratlar ustidan bo‘yoq tortayotgani aks etgan fotosuratlar paydo bo‘ldi.

Biroq Daryo nashri 5 sentyabr kuni o‘chirish harakati muvaffaqiyatsiz tugaganini ma’lum qildi.

Inkuzart o‘z sahifasining hikoyalar qismida graffitining katta qismi oq bo‘yoq yordamida o‘chirib tashlangani tasvirlangan fotosuratni e’lon qildi.

Keyinroq, ijtimoiy tarmoqlarda yangi graffit to‘liqligicha bo‘yab tashlangani aks etgan foto e’lon qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан