Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avtosanoat, mudofaa va yadro tibbiyoti: Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan hujjatlar
28.05.2019 14:05,  
19

O‘zbekiston va Germaniya muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazildi. 

O‘zaro hamkorlikka doir hujjatlar imzolash marosimida quyidagi hujjatlar imzolandi:

- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bayonnomasi;

-“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi bilan “Folsvagen Grup Rus” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim;

- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan Germaniya Federativ Respublikasi Atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish va yadro xavfsizligi vazirligi o‘rtasida gaz chiqindilarini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish sohasida hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya;

- O‘zbekiston Respublikasi Huqumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati o‘rtasida axborot almashish va o‘zaro muhofaza qilish to‘g‘risida  bitim;

- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan “Integra kompaniyasi” o‘rtasida “Vamed Engineering” kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkentda  Yadro tibbiyot va nur terapiyasi  markazini tashkil etish to‘g‘risida bitim.

Eslatib o‘tamiz, Frank-Valter Shtaynmayer kecha 27 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Toshketga kelgan edi. 
Ko‘ksaroyda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi.

Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng ikki davlat prezidentlarining tor va keng doiradagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан