Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avvalgi epidemiyalarga qarshi vaksinalar qancha muddatda ishlab chiqilgan?
26.04.2020 05:39,  
993

Koronavirusga qarshi shifo qidirayotgan mutaxassislar, dunyoning to‘rt tarafida tinib bilmay ishlashmoqda. Vaksinaga ega bo‘lmagunimizcha to‘liq erkin bo‘lmasligimiz aniq. Shifokorlar koronavirusga qarshi butunlay g‘alaba qozonishimiz uchun kerak bo‘ladigan dorilar eng kamida 12 oy ichida tayyor bo‘lishini aytishmoqda.

Xo‘sh, insoniyat tarixida yuz bergan avvalgi epidemiyalarga qarshi ishlab chiqarilgan vaksinalar qancha muddatda tayyor bo‘lgan?

Tadqiqotchilar Piter Hurford va Markus Daviz farqli manbalardan aniqlangan ma’lumotlariga ko‘ra, bazi vaksinalarning yaratilishi uchun quyidagidek vaqt kerak bo‘lgan:

  • Quturish — 4 yil, 1881-1885
  • Qizamiq — 7 yil, 1962-1969
  • Ko‘kyo‘tal — 8 yil, 1906-1914
  • Gripp — 14 yil, 1931-1945
  • Poliomiyelit — 20 yil, 1935-1955
  • Sil yoki tuberkulyoz - 21 yil, 1900-1921
  • Parotit — 22 yil, 1945-1967
  • Gipetit A — 24 yil, 1967-1991
  • Chichek — 26 yil, 1770-1796
  • Vabo — 30 yil, 1854-1884
  • Suv chichek — 34 yil, 1954-1988
  • Gipetit B — 38 yil, 1943-1981
  • Difteriya — 40 yil, 1883-1923
  • Tetanos — 40 yil, 1884-1924
  • Gemofiliya — 44 yil, 1933-1977
  • Ich terlama — 58 yil, 1838-1896
  • Pnevmokok — 66 yil, 1911-1977
  • Meningit — 68 yil, 1906-1974

Bu ro‘yxatga ko‘ra, tarixda vaksina ishlab chiqarish uchun o‘rtacha 29 yil kerak bo‘lgan bo‘lsa-da hozir vaziyat o‘zgargan. Insoniyat virus va kasalliklar borasida bilimi, ularga qarshi shifo topish imkoniyatlariga ega dorilarni ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan texnologik imkoniyatlari bir muncha rivojlangan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан