Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Axborotlashtirish sohasi bo‘yicha davlat inspeksiyasiga boshliq tayinlandi
22.09.2020 12:47,  
137

Hukumatning tegishli qarori (№570, 21.09.2020y) bilan, G‘olibsher Meliboyevich Ziyayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

U tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasidagi Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Inspeksiyaning avvalgi boshlig‘i Asadjon Xo‘jayev iyul oyida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori etib tayinlangan va shu munosabat bilan Inspeksiya boshlig‘i lavozimidan ozod etilgan edi.

Hukumatning tegishli qarori (№571, 21.09.2020y) bilan, Abdumalik Abduqodirovich Allamuradov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.

U bunga qadar Surxondaryo viloyatidagi Tadbirkorlar qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан