Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Ayni kunlarda munosib nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda". Musulmonlar idorasi muftiy qay tartibda saylanishini ma’lum qildi
8.09.2021 18:10,  
198

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga yangi bosh muftiy tayinlangani haqidagi xabarlar rad etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Idorasi fuqarolarni asl holat va mavjud vaziyatni bilmay turib, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlarni tarqatishdan saqlanishga chaqiradi

«O‘zbekiston musulmonlari idorasi mazkur mavzu atrofida asossiz bahs-munozarani hayotini xalqimiz va muqaddas dinimiz xizmatiga bag‘ishlagan marhum muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li hazratlarining vafotidan ko‘p o‘tmagan bir davrda ko‘paytirishni diniy, milliy va oddiy insoniylik qadriyatlari nuqtai nazaridan odobsizlik sifatida baholaydi hamda fuqarolarimizdan bunday ishlar qilmaslikni so‘raydi», — deyiladi munosabatda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi respublika hududida rasmiy faoliyat olib borayotgan islomiy diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi bo‘lib, musulmonlarning e’tiqodiy birligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu maqsadda fiqhda Hanafiy mazhabi va aqidada Imom Moturidiy ta’limoti asosida mo‘min-musulmonlar uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi. Shuningdek, islom ma’rifatini keng yoyish, masjid-madrasalar ta’sis etish, diniy adabiyotlar nashr etish, xalqaro tashkilotlar va taniqli ulamolar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ustavining tegishli bandiga asosan Diniy idora raisi, muftiy Ulamolar kengashi yig‘ilishida besh yil muddatga saylanadi. Muftiy lavozimiga saylanayotgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi, oliy diniy ma’lumotli, kamida o‘n yil O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida ishlagan, ulamolar hamda xalq orasida obro‘ va ishonch qozongan bo‘lishi lozim.

«Ayni kunlarda muftiy lavozimiga munosib nomzodlarni atroflicha ko‘rib chiqish, mehnat faoliyatlarini o‘rganish, bilim salohiyatlarini mezonga solish, ish tajribalarini kuzatish va xalq orasidagi obro‘-e’tiborlariga baho berish ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonlarning yakuni to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy matbuotida e’lon qilinadi», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан