Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayol 4 metrli chuqurga tushib ketdi
15.03.2021 17:44,  
312

FVV axborotga ko‘ra, Samarqand viloyati Samarqand shahrining Gurgli ko‘chasida joylashgan uylarning birida sodir bo‘lgan. Bir kun oldin uy egasi 4 metrli chuqur qazgan, ammo bu chuqurning og‘zini yopish choralarini ko‘rmagan. Shu orada bog‘ tomon yo‘l olgan 52 yoshli N.T. ismli uy bekasi chuqurni ko‘rmay qolib, unga tushib ketgan.

Hodisaga guvoh bo‘lgan fuqarolar zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruv guruhiga qo‘ng‘iroq qilishgan. Bir necha daqiqa davom etgan qutqaruv jarayonlari natijasida fuqaro chuqurdan olib chiqildi. 

Uy bekasining voqea sababli qo‘rqib ketganligini hisobga olmaganda, u jiddiy jarohat olmagan va shu sababli tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilinmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан