Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayolini bo‘g‘ilgan holatda suratga tushirib, telegramda tarqatgan va IIB xodimiga tan jarohat yetkazgan erkakka hukm o‘qildi
7.03.2021 17:14,  
448

Ixtiyor Sodiqov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i Xumora Komilova bilan 2018 yilda nikohdan o‘tib, Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida yashay boshlashdi. Yaxshi niyatlar bilan oila qurgan er-xotin bora-bora arzimagan narsa ustida urishadigan-talashadigan darajaga yetishdi. Bunday ur-to‘polonlar joniga tekkan Xumora qizlik uyiga ketib qoladi...

Hammasiga rashk sababmi?

Xumora 2020 yilning fevral oyida Toshkent shahrida yashovchi qarindoshining uyiga boradi. Uning Toshkentdaligidan xabar topgan Ixtiyor xotinining ortidan ta’qib qilib, poytaxtga keladi va u bilan uchrashadi. Uni o‘zi ijaraga olgan Sergeli tumanidagi xonadonga taklif qiladi. Xotiniga o‘sha yerda ajrim masalasini hal qilamiz, deydi. Ijara uyda Xumoraning telefonini titkilagan Ixtiyor uyali telefon apparati xotirasidagi fotosuratlar orasida uning begona erkak bilan tushgan suratlari va "SMS" yozishmalarini ko‘rib, Xumorani xiyonatda ayblaydi. Rashk oqibatida o‘zaro janjallashib, yuz va tanasining turli qismlariga urib, choyshab bilan bo‘g‘ib, qasddan tan jarohati yetkazadi. Xumorani bo‘g‘ilgan holatda suratga tushirib, telegram messenjeri orqali kontaktida bo‘lgan odamlarga, shu jumladan, onasi va xolasiga ham yuboradi...

Tan jarohati yetkazdi

Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Xumora Komilovaning tanasida – chap ko‘z olmasi kontuziyasi, o‘ng va chap ko‘z oqsil qavatiga qon quyilishi, o‘ng va chap ko‘z qovoqlari, bo‘yin o‘ng va chap yuzalari chap peshana sohasi, yuqori va pastki lab, burun egar qismi shilinmalari, peshana sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, o‘ng va chap ko‘krak bezi sohasi, chap yelka, chap son, chap boldir sohalari jarohatlari aniqlangan. Ushbu tan jarohatlari qattiq o‘tmas jism ta’sirida yetkazilganligi, bu jarohatlar sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohatlari turiga kirishi aniqlangan.

“Jinoyat” ustida qo‘lga tushirmoqchi bo‘ldi-yu...

Bundan tashqari, Ixtiyor Sodiqov o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, turmush o‘rtog‘i Xumora Komilova vaqtincha yashab kelayotgan xonadon eshigini o‘zida bo‘lgan zaxira kalit yordamida ochadi. Mast holda uyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, oshxonada turgan pichoq bilan qurollanadi. Xonadon yotoqxonasidagi karovat ostiga yashirinib, Xumoraning qaytishini kutadi. Go‘yoki Xumora uyga jazmani bilan qaytadi, u esa xotinini “jinoyat” ustida qo‘lga olmoqchi bo‘ladi. Birozdan so‘ng spirtli ichimlik ta’sirida karavot tagida uxlab qoladi...

Begunoh inson pichoqlandi...

Xumora Komilova turmush o‘rtog‘i Ixtiyor Sodiqov uni urib, tan jarohati yetkazganligi va doimiy tajovuzlaridan qo‘rqib, Sergeli tuman IIO FMBga murojaat qiladi. Surishtiruv harakatlarida ishtirok etib, Sergeli tuman IIO FMB tezkor xodimlari kuzatuvida vaqtinchalik yashash manziliga qaytib keladi. Xumora Komilovaning chaqirig‘iga ko‘ra, o‘z xizmat burchini bajarayotgan, Sergeli tuman IIO FMB JQB tezkor vakili B.Xudayqulov xonadonni ko‘zdan kechiradi. Xotinining begona erkak bilan kirib kelganini ko‘rgan, Ixtiyor Sodiqov karavot tagida yotgancha ularni kuzata boshlaydi. Fuqarolik kiyimida bo‘lgan B.Xudayqulov karavot tagini tekshirib, u yerda yashirinib o‘tirgan Ixtiyorni tortib chiqaradi. Rashk o‘ti ko‘zini ko‘r qilgan Ixtiyor Sodiqov uni Xumoraning jazmani, deb o‘ylab, qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan qorin qismiga ikki marta urib, qasddan tan jarohati yetkazadi. Voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida mazkur hududda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB PPXB xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

Hukm o‘qildi

Ixtiyor Sodiqov JKning 109-moddasi 2-qismi va 104-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor, deb topildi. JKning 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan I.Sodiqovga uzil-kesil 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi - deya xabar bermoqda "Darakchi".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан