Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayollar sportida mustaqil O‘zbekiston tarixida rekord qayd etildi
13.08.2021 15:34,  
272

Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimizda ayollar sporti ham jadal rivojlanayotganini qayd etdi:

"Yana bir muhim jihati – ayollar o‘rtasida sportni rivojlantirish maqsadida amalga oshirayotgan katta ishlarimiz ijobiy natija bermoqda. Buni 28 nafar sportchi xotin-qizlarimiz Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani ham tasdiqlaydi.

Ta’kidlash kerakki, bu mustaqil O‘zbekiston tarixidagi rekord natijadir.

Bokschi qizlarimiz ilk bor Olimpiadaga 3 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Natijada boks bo‘yicha jami litsenziyalar soni 11 tani tashkil etdi.

Ushbu Olimpiya o‘yinlarida faqat uchta davlat shuncha bokschi bilan ishtirok etganini hisobga olsak, bu ham albatta alohida e’tiborga loyiq ko‘rsatkich.

Bunday misollarni yana davom ettirish mumkin. Bularning barchasi O‘zbekistonda olimpiya harakati tobora rivojlanib, yangi, yuksak bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Tokio Olimiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz ta’lim olgan maktab va oliy o‘quv yurtlarida, voyaga yetgan mahallalarda ularning ibratli faoliyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан