Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayrim dorixonalar retseptsiz kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotishda davom etmoqda
7.12.2019 18:47,  
387

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi uchta dorixona xodimlariga nisbatan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘aildi. Ularda «Regapen» (pregabalin) dori vositasi retseptsiz sotilgan, deyiladi IIBB matbuot xizmati xabarida.

Yakkasaroy tumanidagi GULI-KAND-PLUS dorixonasidan 420 ta «Regapen» tabletkasi olib qo‘yildi. 23 yoshli Sherali N. va 29 yoshli Jasur K.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 251−1- moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

1 dekabrdan yangi qoidalar kuchga kirganiga qaramasdan (kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari faqatgina ijtimoiy dorixonalarda va faqatgina retsept asosida sotiladi), ushbu dorixonalarda ular savdosi amalga oshirilayotgani haqida jurnalist Nikita Makarenko o‘z Telegram-kanalida xabar qildi.

IIBB Uchtepa tumanidagi «Besh plyus mega farm» dorixonasidan 658 ta «Regapen», Chilonzor tumanidagi «Fayz farm» dorixonasidan esa 77 ta «Regapen» va 36 ta boshqa kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar olib qo‘yilgani haqida ham xabar qildi. Birinchi dorixona xodimi 31 yoshli Bobur R. va ikkinchi dorixona xodimi — 23 yoshli Alibek K.ga nisbatan xuddi shu modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан