Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayrim hududlarda sayilgoh va muzeylar faoliyatiga ruxsat berildi
21.05.2020 13:16,  
510

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, aholiga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 22 mayidan boshlab, “Sariq“ va “Yashil“ toifaga kiritilgan hududlarda:

- ochiq sayilgoh,

- muzey,

- san’at galereyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq RUXSAT BERILADI.

O‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.

Bunda, koronavirus infeksiyasi ikkinchi to‘lqinini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilarni tana haroratlarini o‘lchangan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari talab etiladi.

Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlarini oldini olish bo‘yicha mazkur sayilgoh, ko‘ngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан