Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayrim hududlarda sudlarning belgilangan tartibdagi faoliyatiga ruxsat berildi
14.05.2020 17:25,  
185

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2020 yil 20 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimiz sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Endi “Yashil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda barcha ishlarning belgilangan tartibda ko‘rilishiga ruxsat beriladi.

Barcha sudlarda (toifa hududidan qat’i nazar):

 - sudya va mutaxassislar tomonidan ijtimoiy masofani (2 metrni) saqlagan, tibbiy niqob va antiseptik vositalaridan foydalangan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;

 - barcha turdagi ommaviy tadbirlar (ma’rifat soatlari, seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, o‘quv mashg‘ulotlari va boshqa ommaviy tadbirlar) ni o‘tkazmaslik (sudlar faoliyati bilan bog‘liq videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bundan mustasno);

 - sud binolariga kirish-chiqish joylarini pirometr va antiseptik vositalar bilan ta’minlash, sud muhokamasiga kelgan har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, niqobsiz va tana harorati 37.0S va undan yuqori bo‘lgan holatda, sud binosiga kiritmaslik kabi majburiy talablarga qat’iy rioya etish belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан