Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayrim tadbirkorlarga soliqlarni bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi
10.08.2021 20:36,  
142

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tyapti. Yalpi majlisda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasida uch yildan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilyapti.

Bildirilishicha, bu imkoniyatlar tovarlarni import qilish bilan uch yildan ortiq shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga ko‘ra to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lashga ega bo‘lmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ham tatbiq etilishi belgilanmoqda.

Deputatlar qayd etishicha, loyihaning qabul qilinishi aholi daromadlarini ko‘paytirishga, tadbirkorlik sub’yektlarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан