Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayrim transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi (ro‘yxat)
6.06.2020 10:50,  
2219

“G‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida” Hukumat qarori (347-son, 02.06.2020 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2020 yil 1 avgustdan utilizatsiya yig‘imi stavkalari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari turlari va toifalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston hududida sotiladigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini ishlab chiqaradigan (yig‘adigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar utilizatsiya yig‘imi to‘lovchilari hisoblanadi.

Quyidagi transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi to‘lanmaydi:

- diplomatik vakolatxonalarga yoki konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarga, shuningdek ularning O‘zbekiston fuqaroligi bo‘lmagan, diplomatik maqomga ega bo‘lgan xodimlari va ularning oila a’zolariga tegishli transport vositalari;

- ishlab chiqarilganidan 30 va undan ortiq yil o‘tgan L va M1 toifali, shuningdek, ishlab chiqarilganidan 50 va undan ortiq yil o‘tgan, yo‘lovchi va yuklarni tijorat maqsadida tashishga mo‘ljallanmagan, asl dvigateli va kuzovi bilan asl holatida saqlangan yoki asl holati tiklangan M2, M3 va N toifali (quyida ushbu toifalar haqida ma’lumot bor) transport vositalariga;

- O‘zbekistonga olib kirilib “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan transport vositalariga.

Avtotransport vositalarining tegishli toifalari bo‘yicha izoh

M1 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari (oddiy yengil mashina).

M2 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta vazni 5 t dan ortiq bo‘lmagan avtotransport vositalari.

M3 toifasi — yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta vazni 5 t dan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari

N1 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari;

N2 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 12 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari;

N3 toifasi — yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 12 t dan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari.

Utilizatsiya yig‘imining miqdorlari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari ro‘yxati:

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан