Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayrim xayriya fondlariga berilgan mablag‘lar soliqlardan ozod qilindi
27.04.2020 20:17,  
123

Shavkat Mirziyoyev aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bitta farmonga imzo chekdi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 1 oktyabrgacha O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi, "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi, "O‘zbekiston Mehr-shavqat va salomatlik" jamoat fondiga, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shakllantiriladigan ijtimoiy yordamga muhtojlar ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy shaxslarga beg‘araz berilgan pul mablag‘lari, tovarlar va xizmatlar quyidagi soliqlardan ozod etiladi:

- foyda solig‘i (15%);

- qo‘shilgan qiymat solig‘i (15%);

- aylanmadan olinadigan soliq (4%).

Fuqarolarga ham soliq imtiyozi berilmoqda. Ya’ni ijtimoiy yordamga muhtojlar ro‘yxatiga kiritilganlar yuridik va jismoniy shaxslardan beg‘araz yordam olganda, bu yordam jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi va ular daromad solig‘i to‘lashi shart bo‘lmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан