Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand shahar hokimyati 8 ta bank filialini prokuraturaga “yozib berdi”
20.02.2020 15:43,  
1493

2020 yilning 19 fevral kuni Samarqand shahar hokimligi shahar prokuraturasiga viloyatda faoliyat yuritayotgan 8 ta bank filiallari hamda shahar Davlat soliq inspeksiyasi ustidan shikoyatnoma bilan murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shahardagi sanoat korxonalarini kooperatsiya portaliga joylashtirish bo‘yicha tijorat banklariga har bitta o‘zi xizmat ko‘rsatadigan korxonalari (mijozlari) kesimida saytga joylashtirish bo‘yicha taqsimot berilgan, shunga qaramasdan tijorat banklari o‘z zimmasiga yuklatilgan ishlarga sustkashlik bilan yondoshib belgilangan muddatlarda topshiriq ijrosini ta’minlamasdan kelgan.

Topshiriq Samarqand shahar hokimyati tomonidan berilgan.

Qaysi bank filiallari topshiriqni bajarmagan?

  • “Asia Alliance Bank” hududiy filiali;
  • ATB “Asaka” Samarqand viloyat hududiy filiali;
  • ATIB “Ipak yo‘li” Umar mintaqaviy filialii;
  • “Ipoteka bank” ATIB Ko‘k saroy filiali;
  • “Ipoteka bank” ATIB Samarqand viloyat hududiy filiali;
  • “Uzsanoatqurilish bank” ATB Samarqand mintaqaviy filiali;
  • TIF “Milliy bank” Amaliyot bo‘limi;
  • “Hamkorbank” Samarqand filiali.

Shahar hokimyati tomonidan berilayotgan topshiriqlarga mas’uliyatsizlik bilan yondoshayotgan yuqorida keltirib o‘tilgan mas’ul rahbar xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rishingizni so‘raymiz”, — deyiladi hokimyat shikoyatnomasida.

Eslatib o‘tamiz, yangi tahrirda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning sakkizinchi moddasi banklarning mustaqilligiga bag‘ishlanadi.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning kredit portfelini va aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarishga, banklarning rahbar xodimlarini tayinlashga aralashish, shuningdek bankning mablag‘lari hisobidan turli xil to‘lovlar va badallar talab qilish taqiqlanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno”

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun 8 modda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан