Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aziz Abduhakimov barchani “Avtomobilsiz kun” tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
22.09.2020 12:07,  
91

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov o‘z Feysbuk sahifasida barchani “Avtomobilsiz kun” tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi:

Aziz vatandoshlar!

22 sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kuni sifatida dunyoning juda ko‘plab davlatlarida keng nishonlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, unda yer yuzidagi 1 500 dan ziyod shaharning 100 milliondan ortiq aholisi faol qatnashib keladi.

Avtomobilsiz kun g‘oyasi 1995 yilda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan va qisqa muddatda butun dunyoda keng ommalashgan. 2000 yildan beri 22 sentyabr “Butunjahon avtomobilsiz kuni” sifatida nishonlanadi.

Shu kuni avtomobil haydovchilari shaxsiy transport vositalaridan kamida bir kun foydalanishmaydi, ba’zi shaharlar va mamlakatlarda piyoda yurish, velosiped haydash, jamoat transportidan foydalanish, shuningdek, ish va dam olish joylariga piyoda borish g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi maxsus aksiyalar ham tashkil qilinadi.

Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, eng avvalo avtomobillardan chiqayotgan turli zaharli gazlar orqali atmosferaning zaharlanishini kamaytirishga o‘z hissasini qo‘shish, qolaversa piyoda yurish va velosipedda sayr qilishni keng targ‘ib etishdan iborat. Bu esa aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng ommalashtirish yo‘lida xizmat qiladi.

Men ham sizlarni ushbu xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, shu kunni avtomobilsiz o‘tkazishga harakat qilishga chorlab qolaman!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан