Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aziz Abduhakimov bir necha lavozimda ishlashi haqidagi savolga javob berdi
25.05.2021 19:50,  
481

25 may kuni bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov «Besh tashabbus harakati» festivali doirasida yoshlar bilan muloqot qildi.

Unda jurnalistlarning bir insonning ko‘plab lavozimlarda ishlashi o‘sha sohalardagi ish sifati tushishiga ta’sir etish yoki etmasligi haqidagi savoliga javob berdi.

Aziz Abduhakimov bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri, Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti rektori, «Chorvoq» erkin turistik zonasi direksiyasi direktori hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va Badminton federatsiyasi raisi sifatida ishlaydi.

“Ochig‘ini aytganda men o‘zim borib u lavozimlarni talab qilib, olgan joyim yo‘q. Men o‘zi qancha bir yo‘nalishda ishlasam, ijro etish shuncha osonroq bo‘ladi. Lekin mana ko‘rsangiz, lavozimlar mantiqiy nuqtai nazardan hammasi bog‘langan. Ya’ni, bu bittasi tibbiyotdan bo‘lib, ikkinchisi avtomobil sanoatidan emas. Hammasi turizmga oid. Baribir ham ushbu vazifalarni men bajarar edim. Lekin ayrim hollarda eng muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hurmatli prezidentimiz, hukumat „borib, o‘zing javobgar bo‘lgin“, deydi… Ochiq aytganda, qayerdadir kamchiliklar bo‘lsa, ular bilan mazkur lavozimdagi inson shaxsan o‘zi vaqtida va tez shug‘ullangani boshqacha”, — deydi Abduhakimov.

U bir nechta lavozimda ishlashiga qaramasdan, faqat bosh vazir o‘rinbosari sifatida oylik olishini qo‘shimcha qildi.

“Bu hammasida ishlab, hammasidan oylik oladimi, shu pulni qayerga ishlatadi“ degan savollar ham bo‘ladi. Bitta narsani aytishim mumkin, men faqat bosh vazir o‘rinbosari sifatida oylik olaman, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан