Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aziz Abduhakimov: O‘zbekiston xavfsiz turizmning yangi tizimini yo‘lga qo‘ymoqda
4.06.2020 10:00,  
69

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi hamda Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) shafeligida o‘tgan “Tiklanish yo‘li” xalqaro onlayn turizm konferensiyasida ishtirok etdi.

Abduhakimov konferensiyada COVID-19 pandemiyasi sabab yangi voqelik hamda turizm va dam olishni tashkillashtirish jarayonlariga bo‘lgan talablarni  e’tiborga  olib, O‘zbekistonda «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» (O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan) loyihasi ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Turizm ob’yektlari va unga tegishli infratuzilmani, turistik xizmatlarni yangi sanitar-epidemiologik xavfsizlik talablari asosida sertifikatsiyalash quyidagilar uchun majburiy hisoblanadi:

  • barcha davlat chegara punktlari;
  • havo, temir yo‘l va avtovokzallar;
  • moddiy madaniy meros, muzeylar, teatrlar va boshqa madaniy ob’yektlar.

Bunda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “xavfsiz ob’yektlar reyestri”ni shakllantiradi va to‘ldirib boradi, turoperatorlar shu asosda turistik marshrutlarni tashkil qilishadi. Ta’kidlash jozki, tadbirkorlik sub’yektlari (umumiy ovqatlanish, joylashtirish vositalari, transport xizmatlari va b.) sertifikatsiyasi xohishga ko‘ra amalga oshiriladi.

Turoperatorlar, turistik ob’yektlar va tegishli infratuzilma personalini o‘qitish hamda ularning malakasini oshirish ushbu loyihaning muhim qismi hisoblanadi. Bunda xavfsiz xizmat ko‘rsatish bo‘yicha sanitar-gigiyenik talablarga rioya qilinish monitoringi uchun jamoatchilik tashkilotlari ishtirokida ishchi guruh tashkil qilinadi.

O‘zbekistonda turizmning tiklanishi uch bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda, 2020 yilning 1 iyunidan O‘zbekistonning “yashil” va “sariq” toifali karantin zonalarida ichki turizm qayta tiklanadi.

Shu sanadan e’tiboran ko‘rsatilgan zonalarda tegishli tashkilotlar – turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat, madaniy meros ob’yektlari sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ish boshlashi mumkin.

O‘zbekistonda 63 foiz turoperatorlar va 81 foiz joylashtirish vositalari (mehmonxonalar, hostellar) o‘z faoliyatini to‘xtatgan, birinchi bosqich ichki turizm orqali ularning faoliyatini qayta tiklashga bag‘ishlanadi. Shuningdek, xalqaro turizmni tiklashga maksimal tayyor bo‘lish uchun ushbu bosqichda «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» xavfsizlik tizimi joriy qilinadi.

Ikkinchi bosqich qo‘shni mamlakatlar va MDH davlatlari bilan tashkillashtirilgan hududiy turizmni qayta tiklashdan iborat bo‘ladi.

Bunda turistik guruhlarning butun sayohat davomida xavfsizlik, sanitar-gigiyenik talablar va ijtimoiy masofa  choralariga rioya qilish masalalarini ishlab chiqish juda muhim, operativ reaksiya bildiruvchi qo‘shma guruhni tuzish ham maqsadga muvofiq.

Bundan tashqari, biz maxsus «Silk Road Project» platformasini yaratdik, unda nafaqat Ipak yo‘li mamlakatlari turistik salohiyati, balki istiqbolli mintaqaviy turmahsulotlar va marshrutlar ham targ‘ib qilinadi.

Uchinchi bosqichda O‘zbekiston sekin-astalik bilan tashqi turizmni tiklaydi, bunda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqib,  fuqarolariga mamlakatimizga kirish ruxsat etiladigan uzoq xorijiy davlatlar ro‘yxati tuziladi.

Aksariyat Yevropa va Osiyo mamlakatlari asta-sekin koronavirus pandemiyasi inqirozidan chiqmoqda va turistik bozorlar ochilishiga tayyorlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан