Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aziz Abduhakimov "Turizm 365" telekanali ochishni taklif qildi
24.02.2020 19:31,  
116

“Ehtimol, Turizm-365 telekanalini ochish vaqti kelgandir, zero ichki turizm bugungi kunda talab darajasida o‘rganilmagan”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekiston gidlari bilan uchrashuvida.

Aziz Abduhakimov bugungi kunda turizm sohasi rivojlanishida ekskursiyachi gidlarning o‘rni nihoyatda katta ekanligini ta’kidlab, ularning mashaqqatli mehnati va soha rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu o‘rinda Bosh vazir o‘rinbosari qisqa vaqt ichida O‘zbekistondagi gidlar sonini oshirish kerakligi haqida so‘zladi.

“Oxirgi yillarda yurtboshimiz irodalari bilan yo‘lga qo‘yilgan ochiqlik siyosati natijasida turizm yo‘nalishida o‘tkazilgan islohotlar o‘zining ijobiy samarasini berdi. Biz endi turizmni yanada yangi pog‘onaga ko‘tarishimiz lozim, zero turizm eng avvalo mahalliy aholi uchun yangi ish joylari demakdir. Bugunga kelib gidlarning soni 1000dan ortiq bo‘lsa, biz qisqa vaqt ichida ularning sonini 5000 nafarga yetkazishimiz kerak”, - dedi u.

Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi muloqot samarali kechishi uchun ekskursiyachi gidlarni o‘ylantirayotgan masalalar, o‘z yechimini kutayotgan muammolarni tingladi.

“Gidlardan iltimosimiz – sayyoh bilan harakatlanayotib qayerdadir kamchilik yo muammo ko‘rdingizmi, darhol ushbu platforma orqali bizga matn, foto yoki audio shaklida yo‘llang. Sir emaski, hududlarda kafe va restoranlar, sanitariya-gigiyena shoxobchalari va infratuzilma bilan bog‘liq muammolar talaygina. Bundan tashqari, turistik xizmat ko‘rsatuvchilarning muomalasi ko‘ngildagidek bo‘lmasligi mumkin. Bunday  kamchiliklardan tezkor xabardor qilsangiz, biz tegishli davlat idoralari va tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘ramiz. Shu tariqa mavjud muammolarni birgalikda bartaraf etamiz”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан