Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aziz Abduhakimov turkiy davlatlar orasida “Oltin uchburchak” turini taklif etdi
24.06.2020 13:07,  
106

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 23 iyun kuni videokonferensiya shaklida o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) Turizm vazirlarining V yig‘ilishida ishtirok etdi. Turizm vazirlarining onlayn uchrashuvida shuningdek TTDHK bosh kotibi Bagdad Amreyev, Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Ersoy, Ozarboyjon turizm agentligi raisi Fuat Nagiyev hamda qolgan TTDHK mamlakatlarining turizm tashkilotlari rahbariyati qatnashdi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan Turkistondagi Ahmad Yassaviy maqbarasi, Toshkent viloyatidagi Zangi ota va Qo‘ng‘irot tumanidagi Hakim ota Boqirg‘oniy ziyoratgohlarini o‘z ichiga olgan “Oltin uchburchak” turini faollashtirish taklif etildi. Bundan tashqari, chegara oldi hududlarida offshorlar turistik klasterlarini tashkil qilish taklif etilgan bo‘lib, unda savdo-sotiq va boshqa alohida soliq shart-sharoitlari ko‘zda tutilgan.

“Biz turkiy tilli davlatlar madaniyati va an’analarini namoyish etuvchi turli festivallarni tashkil qilish hamda ularning o‘tkazilishini  ishtirokchi mamlakatlarning madaniy tadbirlar yagona taqvimini shakllantirish orqali birgalikda targ‘ib qilishni taklif etamiz”, - dedi Abduhakimov va yig‘ilish ishtirokchilariga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan “Maqom”, “Baxshi”, Xalq amaliy san’ati festivali kabi yirik madaniy-ommaviy festivalar haqida ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, onlayn-konferensiya davomida Aziz Abduhakimov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlarning tarixiy va turistik shaharlari o‘rtasida aviareyslar soni va yo‘nalishlarini oshirish, ularning geografiyasini kengaytirishni taklif qildi. Xususan, Turkiya, Ozarboyjon, Vengriya va boshqa ishtirokchi mamlakatlarning tarixiy va turistik shaharlari o‘rtasida transport aloqalarining yangi yo‘nalishlari ushbu davlatlar iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab zamonaviy karvonsaroylar qurishni taklif qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан