Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aziza Shanazarova Kolumbiya universitetining ilk o‘zbek professori bo‘ldi
14.02.2020 10:04,  
9896

O‘zbeklar orasida birinchi bor Kolumbiya universitetining tenure track pozitsiyasi, ya’ni umrbod professorlik lavozimiga Aziza Shanazarova qabul qilindi. Bu haqda «Oʻzbekoyim» kanali xabar berdi.

Kolumbiya universiteti Ivy League  toifasiga kirgan. Ayvi ligaga AQShdagi eng nufuzli 8 ta – Brown, Columbia, Cornell, Dartmouth college, Harvard, Princeton, Pennsylvania, Yale universitetlar kiradi.

Tenure track pozitsiyasiga professor va professor assistenti ishga olinib, ular bilan tuziladigan mehnat shartnomasi universitet ma’muriyati tomonidan bekor qilinmaydi. Bunday shartnomaning asosiy maqsadi – olimning erkinligini (academic freedom) ta’minlashdir.

Aziza Shanazarova "Female religiosity and gender history in pre-modern Central Asia" (O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyoda genderlik tarixi va ayollar dindorligi) mavzusida AQShning Indiana – Blumington universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 2 ta yo‘nalishda (dinshunoslik va Markaziy Osiyo tarixi) PhD – falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан