Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BAA arab dunyosida birinchi AESni ishga tushirdi
1.08.2020 16:54,  
351

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri va Dubay amiri Muhammad bin Rashid Al Maktum shanba kuni arab dunyosida birinchi "Baraka" atom elektr stansiyasini ishga tushirish to‘g‘risida e’lon qildi.

 

"Bugun biz Abu Dabida arab dunyosidagi ilk tinch maqsadlarda foydalaniladigan Baraka atom reaktorini muvaffaqiyatli foydalanishga topshirilishini e’lon qilamiz. Mutaxassislar yadro yoqilg‘isini yuklab, keng qamrovli sinovlarni o‘tkazib, ishga tushirish ishlarini muvaffaqiyatli yakunladilar", deb yozdi bosh vazir o‘z Tvitterida.

Uning ta’kidlashicha, BAA "davlatning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining chorak qismini xavfsiz, ishonchli va ekologik jihatdan toza holda yetkazib beradigan to‘rtta atom elektr stansiyasi orqali ta’minlamoqchi.

Baraka atom elektr stansiyasi umumiy quvvati 5,6 megavatt bo‘lgan to‘rtta energoblokdan iborat bo‘ladi". 

To‘rt reaktorli birinchi arab atom elektr stansiyasi mamlakat g‘arbidagi Abu Dabi amirligining Al-G‘arbiya mintaqasida, Fors ko‘rfazi sohilida, mamlakat poytaxtidan 250 km uzoqlikda joylashgan.

25 milliard dollarlik elektr stansiyasining qurilishi 2011 yilda boshlangan va 2017 yilda elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshlashi kutilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан