Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BAA, Bahrayn, endi Sudan: Xartum AQSh rasmiylari bilan arab-isroil tinchligini muhokama qildi
24.09.2020 14:23,  
70

Sudan va Qo‘shma Shtatlar Xartum arab-isroil tinchligini qanday rivojlantirishi mumkinligini muhokama qildilar. Bu haqda chorshanba kuni rasmiylarga tayanib Al-Jazira nashri xabar bermoqda.

Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan uchrashuvda Sudan delegatsiyasi va Amerika rasmiylari tinchlikni qanday qilib mintaqani barqarorlashtirishi va Isroil-Falastin masalasida ikki tomonlama yechimni ta’minlashi haqida muzokaralar olib bordi.

Sudan delegatsiyasiga Kengash rahbari (hozirda Sudanni ayni Kengash boshqarmoqda - sof.uz), general Abdulfattoh al-Burhon rahbarlik qildi. U BAAga yakshanba kuni kelgan. AQSh bilan muhokama qilingan masalalar orasida Sudanni "terrorizmga homiylik qilayotgan mamlakatlar ro‘yxati" dan chiqarish masalasi ham bor.

Sudan rasmiylari arab-isroil tinchligi kelajagi to‘g‘risida "jiddiy va ochiq muzokaralar" olib bordi, bu "mintaqada barqarorlik va Falastin xalqining ikki davlat qaroriga ko‘ra o‘z davlatini barpo etish huquqini saqlab qolish" ga olib keladi, deyiladi uchrashuvdan keyin chiqarilgan Kengash bayonotida.

Tomonlar, shuningdek, "Sudanning ushbu tinchlikka erishishdagi roli" ni muhokama qildilar, deyiladi bayonotda, mufassal tavsilotlarga to‘xtalmasdan.

AQShning Fors ko‘rfazidagi yirik mintaqaviy hamkori BAA hamda Bahrayn shu oyda Vashington vositachiligida Isroil bilan munosabatlarni normallashtirgan ilk Ko‘rfaz mamlakati bo‘ldilar va bu orqali arab mamlakatlari orasidagi chorak asrlik taqiqni buzdilar.

Avgust oyida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo tashrifi chog‘ida Sudan Isroil bilan aloqalarni o‘rnatish masalasini ko‘targan edi. Sudan bosh vaziri Abdalla Xamdok unga o‘sha paytda unga bunday vakolat yo‘qligini aytgan.

Harbiy va tinch aholidan iborat kengash o‘tgan yili prezident Omar al-Bashir hokimiyatdan ag‘darilganidan beri Sudanni boshqaradi.

Bu unchalik kutilmagan qaror emas. Isroil diplomatlari Ummon Sultonligi va Sudanni BAAdan o‘rnak olib, Isroil bilan diplomatik aloqa o‘rnatadigan mamlakatlar qatoriga qo‘shgan.

Sudan - sharqiy Afrikada joylashgan neftga boy arab mamlakati. Yaqin Sharqda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab ittifoqini qo‘llab-quvvatlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан