Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BAA klubida o‘ynaydigan o‘zbek futbolchisi qishloqdoshlari uchun katta xayriya qilmoqchi
28.03.2020 12:48,  
742

Ayni damda butun dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga o‘zining saxovatli ishi bilan Otabek Shukurov ham qo‘shildi.

O‘zbekiston milliy jamoasi hamda “Sharja“ klubi a’zosi Otabek Shukurov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zishga bel bog‘ladi.

championat.asia nashrining yozishicha, Chiroqchi tumanidagi mahallalarda istiqomat qiladigan va karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga Otabek Shukurov beg‘araz yordam qo‘lini uzatmoqchi. Bugun futbolchi Chiroqchi bozoridan kunlik ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan 100 million so‘mga yaqin mahsulotlarni (kartoshka, go‘sht, piyoz, un-yog‘ va hokazo) xarid qilgan va ertaga uni muhtoj oilalarga tarqatishni boshlaydi.

Saxovatli ishga qo‘l urgan va o‘zbek futbolchilari ichida birinchilardan bo‘lib tashabbuskorlik qilgan Otabek Shukurovga barakalla deymiz, tasanno!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан