Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BAA shirkati Navoiyda quyosh elektrostansiyasini ishga tushiradi
18.01.2020 02:06,  
347

Birlashgan Arab Amirliklari Yaqin Sharqdagi eng asosiy savdo hamkorlarimizdan biri.

Yaqinda BAA bilan energetika, infratuzilmani rivojlantirish, neft-gaz, kimyo va neft-kimyo, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, sayyohlik va boshqa sohalarda keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishni o‘z ichiga olgan 10 milliard dollardan oshiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

Xususan, Amirliklarning Masdar kompaniyasi mamlakatimizda quyosh elektrostansiyasi (QES) qurish uchun $100 million sarmoya kiritadi. 2019 yil oktabrda u mamlakatimiz tarixida quyosh energiyasidagi davlat-xususiy sheriklik sarmoyalarini jalb qilish bo‘yicha birinchi bo‘lib ochiq tender g‘olibi deb topildi. Qurilish ishlarining boshlanishi 2020 yilning birinchi choragi (joriy yilning mart oyi)ga, foydalanishga topshirilishi esa 2021 yilning birinchi choragiga rejalashtirilgan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Toshkentda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Masdar o‘rtasida Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyasini qurish to‘g‘risida investitsion bitim imzolandi. Masdar quyosh energiyasini bir kilovatt /soat uchun 2,679 sentiga yetkazib berishni taklif qilmoqda, bu rivojlanayotgan bozorlarda eng past tariflardan biridir.

Kompaniya loyihani amalga oshirish davrida elektr stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishni amalga oshiradi.

Yaqin oylarda Samarqand va Jizzax viloyatlarida har biri 200 MVt gacha bo‘lgan quyosh energiyasi sohasida yana ikkita loyiha uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kim oshdi savdolarini boshlash kutilmoqda. Shundan so‘ng, 500 MVt quvvatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha tur o‘tkaziladi. Umuman olganda, energetika sohasiga 1 milliard dollarga yaqin to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Masdar “Mubadala Investment Company” tarkibiga kiradigan, qayta tiklanadigan energiya sohasidagi yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан