Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BAAda dunyodagi eng katta favvora ishga tushdi
24.10.2020 05:50,  
348

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida dunyodagi eng katta favvora ishga tushdi. U Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi, deb yozmoqda Reuters agentligi.

Palma favvorasi (the Palm Fountain) Dubayning Palma orolidagi Jumeyra qirg‘oq hududida joylashgan. BAAning yangi diqqatga sazovor joyi 1,3 ming kvadrat metr maydonni egallab, Ginnesning rekordlar kitobiga tarixdagi eng katta favvora sifatida kirdi.

Ochilish marosimi butun dunyo bo‘ylab jonli efirda namoyish etildi. Favvora osmonga 105 m balandlikdagi ko‘p rangli suv oqimlarini tashlaydigan 128 ta kuchli nasoslar bilan jihozlangan.

Reuters 

"Bu favvora Dubayning me’moriy yutuqlarida yana bir muhim voqea bo‘ldi", - deydi Ginnesning rekordlar kitobi vakillari ushbu inshootning ochilish marosimida.

3000 dan ziyod diodli chiroqlar bilan jihozlangan Dubaydagi yagona ko‘p rangli favvora butun yil davomida jamoatchilik uchun ochiq bo‘ladi. Bu yerda har yarim soatda soat 19:00 dan yarim tungacha 3 daqiqa davom etadigan yorqin yorug‘lik va musiqiy shoular namoyish etiladi.

 

Palma favvorasi ochilishidan oldin dunyodagi eng katta bunday inshoot Koreya Respublikasidagi "Oydin kamalak" edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан