Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BAAda koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun itlardan foydalanilmoqda
9.07.2020 12:21,  
483

Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi it politsiyasi itlardan koronavirus bilan kasallangan odamlarni aniqlash uchun foydalanishni boshladi. Bu haqda RIA Novosti vazirlikning tvitterdagi xabariga tayanib xabar bermoqda.

"Vazirlik koronavirus tarqalishining oldini olish uchun politsiya itlardan foydalanish uchun ularni o‘qitishni muvaffaqiyatli yakunladi", - deyiladi tvitda.

IIVning ta’kidlashicha, ikki hafta davomida itlarga koronavirus bilan kasallangan namunalar hidlatilgan va itlar tezda 92% aniqlik bilan koronavirus yuqtirganlarni topa olishgan. Bu esa ulardan aholi gavjum joylarda foydalanish imkonini beradi.

Bundan tashqari, BAA Ichki ishlar vazirligi itlardan sil va bezgak kabi boshqa xavfli kasalliklarga chalingan bemorlarni aniqlash uchun ham foydalanishga qaror qildi.

Dubay rasmiylari 7 iyuldan boshlab chet ellik sayyohlarga koronavirus uchun o‘tkazilgan tahlilning salbiy natijasi bor sertifikat mavjud bo‘lsa, amirlik hududiga kirishga ruxsat berishdi. Avvalroq amirlik rasmiylari o‘z fuqarolari va chet el fuqarolarining chet elga chiqishlariga ruxsat bergan edi.

BAA sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlangandan beri 53 mingdan ortiq kasallik holatlari qayd etilgan. 327 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 42 282 kishi tuzaldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан