5 may, seshanba kuni kechqurun Sharja amirligi (BAA)dagi osmono‘par binolardan birida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Yong‘in Al-Nahd mavzesidagi 48 qavatli Abbco Tower turar joy binosida kelib chiqdi va qisqa vaqt davomida butun obektni qamrab oldi.
Binoda bo‘lgan hamma odamlar, shuningdek, kamida qo‘shni 5 ta uyda yashovchilar ham zudlik bilan evakuatsiya qilindi.
Yong‘inga qarshi kurashda bir nechta o‘t o‘chirish brigadalari jalb qilingan. Yonayotgan bino ichida sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida ishonchli ma’lumot olish uchun dronlar qatnashgan.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, yong‘in xizmati yong‘inni nazoratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Ma’murlar, shuningdek, yetti kishi engil tan jarohati olgani va kasalxonaga yotqizilganini xabar qildi.
Yong‘inni bino tomoni yopish uchun ishlatilgan alyumiy kompozit panellar keltirib chiqargan.