Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BAAda o‘z tanishini oshpazlikni taklif qilib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan ayol ushlandi
29.09.2020 11:17,  
382

IIV TEQKBB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Interpolning Milliy markaziy byurosi hamkorlikdagi harakatlari natijasida Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanilik 1984 yilda tug‘ilgan A.N. BAAning Al-Ayn shahrida yurgan vaqtida RFning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lgan tanishi 1991 yilda tug‘ilgan Samarqand viloyati Narpay tumanilik M.G.ga o‘zi yashayotgan Al-Ayn shahrida oshpaz yordamchisi bo‘lib ishlashni taklif qiladi.

IIV Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, unga o‘zi Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahridagi xalqaro aeroporti orqali «Olma-Ota-Dubay» yo‘nalishiga chipta xarid qilib, G.M.ni Dubay shahrida kutib oladi. Yo‘l xarajatlariga 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni sarflaganligini bildirib, G.M.ning fuqarolik pasportini olib qo‘yadi. Va’da qilingan oshpazlik ishi o‘rniga Al-Ayn shahridagi ijaraga olingan uyida G.M.ni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qiladi.

Samarqand viloyati IIB Transportda JXT bo‘limi huzuridagi TB tomonidan 2017 yilning 18 may kuni N.A.ga nisbatan JKning 135-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hududiylik bo‘yicha Surxondaryo viloyati IIBga yuboriladi va Sho‘rchi tuman IIB tomonidan ayol qidiruvga beriladi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida N.A. shu yilning 25 sentyabr kuni BAAdan «Dubay-Toshkent» yo‘nalishli aviareysi orqali olib kelinib, tegishli ichki ishlar idorasiga topshirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан