Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bag‘dodda nima gaplar?
12.02.2021 10:38,  
248

Bag‘dod tumanida 8 000 ming AQSh dollari evaziga 8 gektar yer olib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Yermulkkadastr” DK Bag‘dod tuman filiali sobiq mutaxassisi V.N. fuqaro M.B.ning ishonchiga kirib, unga tuman kadastr bo‘limida ishlashini aytib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirish uchun tuman hududidan 8 gektar yer maydoni ajratish haqida qaror chiqartirib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro V.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан