Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bag‘dodda nima gaplar? Namoyishlarning sabablari va natijalari
14.10.2019 09:37,  
1876

Iroqda o‘tgan hafta yuz bergan korrupsiyaga qarshi namoyishlar ishtirokchilari hukumat iste’fosini, yashash sharoitlarini yaxshilashni, sog‘liqni saqlash, ta’lim va mehnat tizimiga doir islohotlarni talab qilishmoqda. Namoyishlar paytida halok bo‘lganlar soni 90 kishidan oshdi deb 5 oktyabr, shanba kuni Bag‘dodda Inson huquqlari bo‘yicha davlat komissiyasi ma’lum qilgan edi. Shu kunga kelib Yaradorlar soni qariyb 4000 kishini tashkil qilgan.

Namoyishchilar va politsiya xodimlari orasida halok bo‘lganlar ham bor. Namoyishlar Bag‘dodda seshanba kuni boshlangan va keyingi bir necha kun ichida bir necha viloyatlar bo‘ylab bo‘lib o‘tgan.

Bu namoyishlarning ildizi qayerda?

Ayni paytda juda ko‘p davlatlarda birin-ketin hukumatdan xafsalasi pir bo‘lgan fuqarolarning namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Fransiya, Gonkong, Iroq — bu dinamikaning eng so‘nggi holati. Ammo, parallel ravishda, bu safarbarlikka javoban xuddi shunday yo‘lni tanlagan hukumatlar soni ham ko‘paymoqda.

Gap shundaki, agar kontekst hisobga olinsa, Iroqdagi vaziyat tahlilchilarni ajablantirmaydi. Eron bilan urushdan keyin ko‘p yillar davomida Saddam Husayn hukumati tomonidan olib borilgan zo‘ravonliklar (1980-1988), Sahro bo‘roni (1991), AQShning bosqini (2003) va IShIDning mintaqada soxta davlat voqeliklarini yaratishga bo‘lgan urinishining ta’siri (2014-2017) Iroqda hamon davom etmoqda.

Mamlakatda keng tarqalgan zo‘ravonlik, korrupsiya va mazhablararo kelishmovchiliklar fonida bugungi vaziyat pishib yetildi. Natijada ketma-ket almashtirilgan hukumatlar (ularning aksariyati shia) tomonidan ishlab chiqilgan, lekin amalga oshirilmagan va takror berilgan va’dalar, qariyb qirq million iroqliklarning hoziri va yaqin kelajagini juda qorong‘u qilib ko‘rsatmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, hokimiyat tepasiga kelgan navbatdagi bosh vazir Abdul Mahdi atigi bir yildan kam vaqt davomida fuqarolarning sabr-toqatini shu qadar tez tugatdi.

Jahondagi uchinchi neft eksportchisi hisoblanadigan Iroq aholisining 60 foizini 25 yoshdan kichik bo‘lganlar tashkil qiladi. Mamlakatda elektr ta’minotining uzilishi juda tez-tez bo‘lib turadi, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlari ularga yillar davomida beparvolik bilan bo‘lgan munosabat oqibatida ayanchli ahvolga kelib qolgan. Yoshlar orasidagi ishsizlik 40% dan oshadi va aholining 20% ​​qashshoqlik chegarasida yashaydi. Ba’zi hokimlar qisqa muddatli majburiyati davomida aholiga xizmat qilish o‘rniga, tashqi ta’sirlarga (masalan Tehronga) xizmat qilmoqda. Iroqda so‘nggi yillarda ichki siyosatdagi yig‘ilib, katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan mayda darajadagi muammolarga e’tibor berilmay kelindi.

Namoyishchilar nima xohlashmoqda?

Miting ishtirokchilari hukumat iste’fosini, yashash sharoitlarini yaxshilashni, sog‘liqni saqlash, ta’lim va mehnat tizimini yaxshilashni, korrupsiyaga qarshi keskin choralarni talab qilmoqda.

Parlament iste’fosi va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish chaqiriqlari radikal shia imomi Muqtad as-Sadr tomonidan e’lon qilindi. Unga qarashli "Sairun" deputatlar bloki mamlakatdagi o‘zgarishlar boshlangunga qadar parlamentdagi faoliyatini to‘xtatib turadigan bo‘ldi.

Bir hafta oldin Iroqning ko‘plab shaharlarida boshlangan norozilik namoyishlari paytida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 13 oktyabr holatiga ko‘ra, 100 dan ortiq odam o‘lgan, 6000 kishi jarohatlangan. Xavfsizlik kuchlari va namoyishchilar o‘rtasida qattiq to‘qnashuvlar davom etmoqda, qurbonlar soni ortmoqda. Ko‘cha mitinglari ilgari Iroqdagi aksilterror bo‘linmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan va IShIDga qarshi kurashda muhim shaxs bo‘lgan general Abdul-Vahob as-Saadining iste’fosi tufayli boshlandi. Keyin ko‘cha tartibsizliklari ommaviy noroziliklarga aylandi, ularning ishtirokchilari korrupsiya, yuqori ishsizlik va mamlakatda islohotlarning yo‘qligiga qarshi namoyishga chiqishdi.

Internetsiz iroqliklar

Iroq hukumati uch kun davomida Bag‘dod va boshqa bir qator viloyatlarda Internetga kirishni to‘liq cheklab qo‘ydi. Shuningdek Bosh vazir Abdul Mahdi, bir qator shaharlarda komendantlik soatlari joriy etilishini e’lon qildi. Iroq rasmiylari barcha ijtimoiy tarmoqlarni blokladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqayotgan videolarda namoyishchilarga nisbatan harbiy kuch ishlatilganini ko‘rish mumkin: tomlardan merganlar tinch namoyishchilarni o‘qqa tutmoqda, niqobli odamlar mahalliy telekompaniyalar binolariga hujum qilmoqda, artilleriya aholi punktlariga zarba bermoqda. Bu haqiqatan ham Iroq razvedka xizmatlari qurolsiz namoyishchilar harakatlariga zo‘ravonlik bilan javob berishimi yoki hukumatning ta’kidlashicha chet ellik jangarilarning ishimi?

Zo‘ravonliklar davom etayotganiga qaramay, 4 oktyabrga o‘tar kechasi bosh vazir Abdul Mahdi televizion bayonotida fuqarolar norozilik bildirish huquqiga ega va hukumat vaziyatni to‘g‘rilashga tayyorligini aytdi. Ammo barcha muammolarni hal qilish uchun "sehrli formulalar" mavjud emas deya fikr bildirib o‘tdi.

Shu bilan birga, Iroq faollariga ko‘ra, rasmiylar noroziliklarni bostirish uchun qattiq choralar ko‘rgan. Bag‘dodda, shuningdek Al-Nosiriya, Al-Amara va Al-Xilla shaharlarida komendantlik soati joriy etildi. Qisqa vaqt ichida Feysbuk va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi. Keyin, butun mamlakat bo‘ylab (shimolda joylashgan kurdlar bundan mustasno) hukumat aholini Internetdan foydalanish imkoniyatidan butunlay mahrum qildi. Bu xaqida xususan, raqamli sohada kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanadigan Netbloks tashkiloti xabar berdi. Mamlakatning to‘rtdan uch qismi hanuzgacha global tarmoqqa kirish huquqidan mahrum.

Bloklanganiga qaramay, VPN xizmatlaridan foydalanib, chet el serverlari orqali Internetga kirish imkoniga ega bo‘lgan faollar, Iroq hukumati shu tariqa razvedka idoralarining mamlakatda noroziliklarni bostirish uchun ishlatayotgan zo‘ravonliklari haqidagi ma’lumotlarni butun dunyodan yashirishga urinayotganliklarini aytmoqdalar.

Namoyishchilarga kim o‘q uzdi?

Iroq hukumati razvedka idoralari namoyishchilarga qarshi qurol ishlatgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda. Hukumat "hanuzgacha noma’lum bo‘lgan buzg‘unchilar" namoyishchilarni ham, maxsus xizmat vakillarni ham otib tashlashga undab, shu tariqa tartibsizliklar keltirib chiqargan xolda mamlakatni beqarorlashtirmoqda deb hisoblashadi. Ammo iroqlik faollar yana bir narsaga guvohlik beradigan videolarni tarqatishga muvaffaq bo‘lishdi. Unda turli hududlarda joylashgan Iroq maxfiy xizmatlari odamlarni tarqatib yuborish uchun olomonga qanday qilib to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘q uzishlarini ko‘rsatganlari aks etadi.

Endi nima bo‘ladi?

Iroq fuqarolari hozirgacha tan olinmagan siyosiy rahbarsiz ko‘chalarga chiqdi. Ali Al-Sistoniy - Iroq shialarining (aholining 60 foizdan ko‘prog‘i) diniy rahbari, namoyishlarni qo‘llab-quvvatlayotganini ochiq namoyish qilmoqda va hukumat zo‘ravonlik ishlatishni bas qilishni talab qilmoqda. Boshqaruvni qayta tiklashning yagona usuli sifatida o‘z aholisiga nisbatan, zo‘ravonlikka yana bir bor murojaat qilgan markaziy hukumat, aslida vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

Muqtada al-Sadr kabi muhim figuralar shu paytgacha faqat poytaxt va shia ko‘pchiligini tashkil qiluvchi janubiy hududlariga ta’sir ko‘rsatadigan jarayonga kirishga qaror qilishgan edi. Uni 2016 yildagi hukumatga siyosiy zarba berish to‘g‘risidagi qarori bilan xotirlash mumkin. Bu vaziyatda esa uni o‘z xarbiy bazalarini Bog‘dodning "Yashil zonasi" deb ataladigan asosiy kuch markazlari joylashgan ommaviy joylarda paydo bo‘lish uchun safarbarlik e’lon qilishini tahmin qilish mumkin. Bunda vaziyat yanada murakkablashadi.

Hozircha Al-Sadr bosh vazir real islohotlar rejasini taqdim qilmaguncha, o‘zining parlament bloki — Sairun koalitsiyasi (54 deputat va “Mahdi armiyasi”ning asosiy ustunlardan biri) ishtirokini to‘xtatishga qaror qildi.

Albatta, yillar davomida to‘xtovsiz yomonlashayotgan vaziyatga zudlik bilan oson yechimlar topilmaydi. Ammo bu nuqtada Bosh vazir Abdul Mahdining kelajagi havoda ekanligi va politsiya qatag‘onlari ish bermayotganday tuyuladi. Yuqorida aytilganlarning barchasiga zo‘ravonlik ham qo‘shilsa, bu yanada ko‘proq safarbarlikni kuchaytirishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida yangidan yangi siyosiy inqirozlarga olib keladi.

Bir tomondan Abdul Mahdi As-Saadi siymosida kelajakda o‘ziga nisbatan kuchli raqibni ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, ba’zilar Tehronning uzoq burchak orqasida turganini ko‘rib turibdi, u bir muncha vaqtdan beri qo‘llab-quvvatlayotgan Xalq safarbarlik bo‘linmalari rahbarlariga soya solishi mumkin bo‘lgan Saadidan qutulishga harakat qilmoqda. Ammo, har holda, bunday qaror yaqinda uning o‘ziga qarshi chiqishi mumkin, shunda ma’lum bo‘ladiki, norozilar Al-Saadi tasvirlangan plakatlarni ko‘tarib olib, IShIDni mag‘lubiyatga uchratgan milliy qahramon sifatida baholab, shu yo‘l bilan xalq uni qo‘llab-quvvatlasa, uning hokimiyat tepasiga kelishi tobora realikka yaqin bo‘lib ko‘rinishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан