Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Baliq, parranda va chorva mahsulotlari yetishtiruvchilarga subsidiyalar ajratiladi
14.05.2020 13:00,  
630

“Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” Hukumat qarori (280-son, 12.05.2020 y.) qabul qilindi.

Prezidentning PQ-4576-son qarori bilan 2020-2022 yillarda davlat tomonidan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga, baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklarga, parrandachilik xo‘jaliklariga subsidiyalar ajratilishi nazarda tutilgan.

Hukumat qarori bilan ushbu subsidiyalarni ajratish tartibi belgilandi, tegishli nizomlar tasdiqlandi.

Qaror bilan shuningdek, chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash bo‘yicha tumanlar (shaharlar) komissiyalarining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Belgilangan tartibga ko‘ra, subsidiya oluvchi tuman komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi.

Tuman komissiyasi arizani ko‘rib chiqib, subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qiladi.

Subsidiya ajratish to‘g‘risida xulosa qabul qilinganda bu haqda subsidiya oluvchi xulosa qabul qilingan kuni xabardor qilinadi.

Tuman komissiyasi tomonidan ariza nusxasi, unga ilova qilingan hujjatlar va subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosa  viloyat komissiyasiga taqdim etiladi.

Viloyat komissiyasi o‘z navbatidan hujjatlarni 2 ish kunida “O‘zbekchorvanasl“ agentligiga yuboradi.

Agentlik tomonidan hujjatlar ko‘rib chiqiladi va subsidiya mablag‘lari subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi asosiy hisob varaqlariga o‘tkazib beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан