Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri O‘zbekistonda qaysi sohalarda kadrlar tanqis ekanini aytdi
13.06.2019 10:30,  
26

O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishchilarga talab yuqoriligicha qolmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Mehnat va bandlik vazirligi rahbari Sherzod Kudbiyev ma’lum qildi.

"Ish beruvchilarimizda "qanoat hosil qila olmaganlik sindromi" mavjud. Bir tomondan 1,5 millionga yaqin, aniq qilib aytganda, 1 million 391 ming ishsizlarimiz bor, lekin shu bilan birga qariyb 150 mingga yaqin o‘rtacha oylik to‘lanadigan vakansiyalarga mutaxassis topa olmayapmiz", - dedi vazir.

Kudbiyevning aytishicha, bu yerda gap yuqori malaka talab etiladigan mutaxassislar haqida emas, balki oddiy kasb egalari haqida bormoqda: ya’ni bugun O‘zbekistonda veterinar, traktorchi, mexanizator, svarщik, santexnik, tikuvchilar hamda IT-texnologiyalari sohasidagi kadrlarga ehtiyoj yuqori.

Vazirga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistonda WorldSkills International (kasbiy tayyorgarlik standartlari va ishchilar kasbiy mahoratini oshirish hamda ishchi kasblarni ommalashtirish bilan shug‘ullanadigan tashkilot) standartlari bo‘yicha rivojlanish mexanizmlari joriy etiladi, ayni vaqtda milliy kasbiy mahorat tizimi kiritilgan.

Mamlakatdagi mehnat organlari qo‘lida zamonaviy kasbga o‘qitish mexanizmi hozir ham mavjud emas, endigina ushbu yo‘nalishda ishlab boshlab yuborilgan, deydi Kudbiyev.

"Agar ta’lim tizimi mehnat bozoriga ish beruvchilarni talablari asosida mutaxassislarni tayyorlab bermas ekan, u holda mehnat bozoridagi vaziyat tangligicha qolaveradi. Oqsoq ta’lim tizimi sifatsiz kadrlarni tayyorlayveradi, sifatsiz kadrlar esa - ishsizlik muammosi demakdir", - deya ta’kidlaydi Mehnat vazirligi rahbari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан