Bandlik va Mehnat vazirligi 5 kunlik ish haftasiga o‘tilishiga qarshi chiqdi

Bandlik va Mehnat vazirligi 5 kunlik ish haftasiga o‘tilishiga qarshi chiqdi

“Mening fikrim” – ijtimoiy tashabbuslar portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston da 5 kunlik ish haftasiga o‘tish haqidagi taklifga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat vazirligi o‘z munosabatini bildirdi.

Muassasa rasmiy vebsaytida xabar qilinishiga ko‘ra, ushbu taklif maqsadga muvofiq emas.

“Mehnat qonunchiligiga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritishni talab etadigan bunday taklif maqsadga muvofiq emas”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik fikriga ko‘ra, bu poliklinika va shifoxonalar, maktab va OTMlar ish tartibiga o‘zgarishlar olib kelishi mumkin.

Ikkinchidan, har qanday korxona va muassasada haftada besh yoki olti ish kuni bo‘lishi ish beruvchi va ishchi orasidagi kelishuvga asosan belgilanishi mumkin. Shuning uchun, vazirlik fikriga ko‘ra bu borada alohida qonun qabul qilish kerak emas.

Ma’lumot uchun, biroz oldin Rossiya Davlat Dumasi Rossiyada 4 kunlik ish haftasiga o‘tish rejsini jiddiy o‘rganib chiqqan edi va hozir. Yevropaning yetakchi mamlakatlari bo‘lgan Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Germaniya, Shveysariya, Belgiya, Avstriya va Italiyada ish haftasi 33-35 soat davom etar ekan. Kuniga 8 soatdan ishlasa - bu 4,5 ish kuni degani.