Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bangkokdan evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari Farg‘onada karantinga olindi (foto)
26.03.2020 11:12,  
362

Joriy yil 26 mart kuni soat 05-25 da Bangkok-Farg‘onacharter reysi orqali Bangkok shahridan jami 257 nafar (67 erkak, 163 ayol, 27 voyaga yetmagan, ulardan 18 o‘g‘il bola, 9 qiz bolalar, shundan 255 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 1 nafar ayol Rossiya va 1 nafar erkak Ukraina fuqarosi bo‘lgan) fuqarolar Farg‘ona xalqaro aeroportida kutib olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona xalqaro aeroportida mazkur fuqarolarda belgilangan sanitariya talablari asosida zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi. Tekshiruv natijasida tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar aniqlanmadi.

Bir nafar fuqaro - 2010 yil 7 mayda tug‘ilgan, Toshkent shahar, Yunusobod tumani M-6 mavze 90-uyda yashovchi Ogorodnikov Mixail qarovchisi yo‘qligi bo‘lganligi sababli shu reysning o‘zida Toshkent shahriga yuborildi. 

Qolgan 256 nafar fuqarolar maxsus ajratilgan 14 ta avtobus va 3 ta yuk mashinasida endemik davlatlardan olib kelingan fuqarolarni joylashtirish maqsadida tayyorlangan Rishton tumanidagi “Sog‘lomlashtirish profilaktoriyasi”ga joylashtirildi va to‘liq tibbiy kuzatuvga olindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан