Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Yangi tahrirdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun: asosiy o‘zgarishlar
6.11.2019 18:19,  
938

O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

Qonunga muvofiq, banklar amalga oshiradigan operatsiyalar soni bittaga ko‘payib, qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish, elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to‘lash kabi operatsiyalar qilishi mumkin bo‘ldi.

Qonun bilan, shuningdek, kreditorlar va omonatchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida banklar uchun taqiqlangan yoki cheklangan faoliyatga oid normalar belgilandi.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning kredit portfelini va aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarishga, banklarning rahbar xodimlarini tayinlashga aralashish, shuningdek bankning mablag‘lari hisobidan turli xil to‘lovlar va badallar talab qilish taqiqlandi.

Shuningdek, bank ustav kapitalining eng kam miqdori (bitta bank ochish uchun kerak bo‘ladigan pul miqdori) o‘zgarishsiz qoldirildi: 100 milliard so‘m.

Qonun bilan banklarga ayrim xizmat va operatsiyalar turlarini autsorsingga topshirish huquqi berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан